Qarorda, shuningdek, akkreditatsiyalangan idoralar va laboratoriya- larda sinash uchun keltirilgan mahsulotdan namuna ajratib olish- ning eng ko‘p m e’yorini ko‘rsatish zarurligi qayd etilgan, shuning dek, akkreditatsiyalangan idoralar va laboratoriyalarda sinashlarni takrorlamaslik uchun sinash turlarini aniqlash ham belgilangan. Qonunga muvofiq davlat idoralari tomonidan vakolatlanganlar muvofiqlik sertifikatining borligini faqat sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotga nisbatan tekshirishi belgilangan. Qarorda, shu ningdek, «O‘zstandart» agentligiga majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini nashr etish va joylarga yubo- rish vazifasi ham yuklatilgan. Bunda mahsulotning sifati va xavfsiz ligi ko‘rsatkichlarini aniqlovchi me’yoriy hujjatlar ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, sertifikatlashtirish sohasidagi barcha m e’yoriy-huqu- qiy huj,jatlarni respublika tadbirkorlarining keng ommasiga yetka- zish, shu jumladan, Internet vositasida xabar qilish ham qarorda qayd etilgan. O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyuldagi 349-sonli «Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha chora- tadbirlar to‘g ‘risida»gi, 2009-yil 19-iyundagi 173-sonli «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq b o ‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g‘risida»gi qarorlari tadbirkorlik subyektlarining sifatni ta’minlash tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan. Bu hujjat- ning mamlakatda iqtisodiy siyosatni shakllantirishdagi o ‘rni juda katta. ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar asosida sifat tizimlarini