tomonidan moliyaviy ta’minoti; majburiy sertifikatlashtirish qoi dalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati; nazorat yo‘sinidagi tekshiruv; ixtiyoriy sertifikatlashtirish; ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar; ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari haqidagi tushunchalar keltirilgan. Qonunning IV bo‘limi 20—23-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, unda mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar, shiko- yatlarni qarab chiqish; sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi; tayyorlov chilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qonunga muvofiq, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikat lashtirish «O‘zstandart» agentligi sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy va akkreditatsiyalash idorasi bo‘lib hisoblanadi. Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil lashtirish «O‘zstandart» agentligiga yuklatilgan. O‘rnatilgan qoida- larga ko‘ra bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar sertifikatlashtirish ishlarini bajaradi va bu idoralar majburiy ravishda akkreditatsiyalanadi. Majburiy sertifikatlashtirish sub- yektlariga «O‘zstandart» agentligi, sertifikatlashtirish bo‘yicha ido ralar, sinash laboratoriyalari (markazlari), nazorat idoralari, mah sulotni tayyorlovchilar kiradi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora lar bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish tizimlarini yaratish, sertifikatlashtirish tarzi va so‘rovchilarga sertifikatlashtirilgan mah sulotga muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsat berish huquqiga ega. Qonunda import bo‘yicha keltiriladigan va eksportga chiqariladi