chi, alohida, standart, birxillashgan buyumlardan iborat mashina- lar, asboblar va jihozlarni yaratish hamda ishlatish usuli hisoblanadi. 139
Agregat (lotincha aggrego — birikaman, birikish ma’nosini anglatadi) texnikada alohida vazifani mustaqil bajaruvchi, to ‘liq o ‘zaro almashinuvchanlikni o ‘zida namoyon etuvchi (mashina kompleksi) unifikatsiyalangan mashinalar uzellarini yaxlitlashdir. Masalan, A tavsiflari: elektrodvigatellar, reduktorlar, nasoslar va boshqalar. Ba’zan «A» atamasi ikkita qurilma yoki undan ortiq mashinalarni belgilash uchun xizmat qiladi. Agregatlashtirish mashina va jihozlarning ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Agregatlash — mashinalar, jihozlarni o ‘zaro almashinuvchi agregatlardan tuzish usulidir. Agregat — mashinaning (mashinalar, jihozlar majmuyining) to‘liq o ‘zaro almashinuvchanlikka ega bo‘lgan, ayrim funksiyalarni mustaqil bajaradigan yirik birxillashtirilgan usuli (ikki yoki bir necha har xil mashinalarning umumiy ishi uchun birikma). Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri — asosiy turlarning modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlar- ning nomenklaturasining ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregat- lashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish obyektlarining konstruksiyalarini o ‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o ‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyat- larini yaratadi. Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o ‘lchash