natijasi sifatida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy qilindi. AQSHda birinchi bo‘lib bu o ‘zgarishlar sezildi va harbiy qurol- aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlar qo‘llanila boshlandi: • MEL-Q-9858 — Sifat tizimining texnikaviy shartlari; • MIL-1-45208 — Nazorat tizimiga talablar. Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda bo‘lib, harbiy shartnomalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda. 16
Bu standartlar, shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAR (Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida ma’lum bo‘lgan standartlar to ‘plamlari uchun asos qilib olingan. Vaqt o ‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat doirasidan tashqarida ham paydo bo‘la boshladi. Shuning uchun ham BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular, asosan, amaliy rahbar hujjatlariga o ‘xshash bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari harbiy talablar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni ham qo‘llash mumkin, deb hisoblash qiyin edi. Bu muammo o ‘z yechimini 1979-yilda topdi, shu yili uch qismdan (1, 2, 3) iborat bo‘lgan BS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga o ‘xshash va subyektiv edi hamda qo‘shimcha tushuntirishlar, shuningdek, standartlarni q o‘llash b o ‘yicha ma’lumot bo‘lgan qo‘shimcha qismlarni (4, 5, 6) talab qilardi. BS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar tomonidan shartnoma tuzish holatlarida qo‘llanilardi. Ammo bunga qo‘shimcha ravishda, B S I (Britaniya Standartlar Instituti)uchinchi tomondan ro‘yxatga