tayyorlash sifatini baholash tartibi va oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash tartibi keltirilgan. Standart xos m e’yoriy hujjat- larni tuzishda asos bo‘ladi. Standart oliy ta’limni oliy o ‘quv yurtlarida amalga oshiriladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan, uzluksiz ta’limning mustaqil turi deb belgilaydi. Oliy ta’lim ikki bosqichga ajratilgan: bakalavriat va magistratura. Bakalavr va magistr akademik darajalari oliy ta’limning tegishli darajasi dasturini muvaffaqiyatli o ‘zlashtirgan talabalarga beriladi. Oliy ta’limning birinchi bosqichi sifatida bakalavriatura uchun o ‘qish muddati kamida 4 yil, magistratura uchun esa kamida 2 yil qilib belgilangan. Bakalavriaturada ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligi va umumiy o ‘rta va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining uyg‘un- lashgan davomi ekanligi va fanlarning quyidagi majburiy bloklari- ning talabalar tomonidan o ‘zlashtirilishini hisobga olishi lozim: — gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; — matematik va tabiiy-ilmiy fanlar; — umumkasbiy fanlar; — maxsus fanlar; — qo‘shimcha fanlar. Magistraturaning ta’lim dasturlari ta’limning uzluksizligi va bakalavriat ta’lim dasturlarining davomi ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va fanlarning quyidagi majburiy bloklarining talabalar tomonidan o ‘zlashtirilishini nazarda tutishi lozim: — umummetodologik fanlar; — mutaxassislik fanlari; — ilmiy faoliyat. Magistratura ta’lim dasturlari, shuningdek, mustaqil ta’lim va
talabalarning tanlov fanlari, yakuniy davlat attestatlashini nazarda tutishi lozim. 23