Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
Qonunning II bo‘limi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu moddalar fizik o ‘lcham birliklari; fizik o ‘lchamlar birliklarining etalonlari; o ‘lchov vositalari, o ‘lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag‘ishlangan. Qonunning III bo‘limi 9—11-moddalardan tashkil topgan va unda O ‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; 25
davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xiz- matlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan. Qonunning IV bo‘limi 12—19-moddalar va 18-moddaga qo‘- shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o ‘tkazish tartibi; davlat metrologiya tek- shiruvi va nazorati obyektlari; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o ‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o ‘lchov vositalarini tekshiruvdan o ‘tkazish, o ‘lchov vositalarini kalibrlash; o ‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliya- tiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxs- larni akkreditatsiya qilish; metrologiya m e’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan. Qonunning V bo‘limi 20—21-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to ‘lash tartiblari kel tirilgan. Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklarning