Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
sadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatli idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmuyi. O ‘lchash vositalarini kalibrlash — o ‘lchash vositalarining met rologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlari va qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmuyi. O ‘lchash vositalarini tayyorlash (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish)ga litsenziya — ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ul- lanish huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigan hujjat. O ‘lchash vositalarini metrologik attestatsiya qilish — yagona namunalarda ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda keltirilgan) o ‘lchash vositalari, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish. Davlat metrologiya nazorati — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat. O ‘lchov vositalarini tekshiruvdan o ‘tkazish — o ‘lchov vosita larining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmuyi. Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkredi- tatsiya qilish — metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning belgilangan akkreditatsiya qilish doirasida o ‘lchovlar birliligini ta’ minlash bo‘yicha ishlarni o ‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish. 28