Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari, o ‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditatsiya qilish — yuridik shaxslar met rologik xizmatlarning belgilangan sohada o ‘lchov vositalarini kalibrlashni o ‘tkazish huqiqining rasmiy tan olinishi. O ‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish — o ‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metro logik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o ‘tkaziladigan tadqiqot. O ‘lchashlarni bajarish uslubiyoti — o ‘lchashlar natijalarini avvaldan ma’lum xatolik bilan olishni ta’minlaydigan ishlar va qoidalar majmuyi. O ‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi — bu davlat tomonidan tartibga solinadigan o ‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni o ‘tkazish talablari, qoidalari, nizomlari, m e’yorlari va tartibini belgilovchi, o ‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy m e’yoriy hamda metodik hujjatlar majmuyidir. Bunday hujjatlar majmuyi metrologiya bo‘yicha milliy idora tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) mamlakat hududida foydala- nishga kiritiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi O‘lchashlar davlat tizimi (O ‘z O‘DT)da «O‘zstandart» agentligi kiritgan 3000 dan ortiq turli toifa va darajadagi m e’yoriy va metodik hujjatlar bor. O‘z O‘DTning asosini metrologiya bo‘yicha milliy idora ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar tash kil etadi. Bunday me’yoriy hujjatlarda qonuniy metrologiya sohasi- dagi asosiy qoidalar va tartibotlar o ‘rnatiladi. Asos bo‘luvchi me’yo riy hujjatlarda birliklar, o ‘lchash usullari va vositalari, o ‘lchash laboratoriyalariga davlat talablari, metrologik tekshiruv va nazorat