Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
1905-yilda birinchi sifatni boshqarish tizimi — Teylor tizimi paydo bo‘ldi. U buyum (detal)lar sifatiga dopusklar ko‘rinishida talablarni o ‘rnatib, alohida olingan har bir buyumning sifatini boshqarish tizimini yaratishga asos soldi. Teylor tizimini amalda muvaffaqiyatli ta’minlash uchun sifat sohasida ilk mutaxassislar — inspektorlar faoliyat olib bora boshladilar. Sifatni boshqarish fazasi.Mazkur rivojlanish fazasi XX asrning 20-yillaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi — oldingi faza shakllariga xos nomutanosibliklarni garchand butkul bartaraf etil- masa ham, salmog‘ini kamaytirish talab etilgan. 1924-yilning may oyida «Vestern Elektrik» firmasining (AQSH) texnik nazorat bo‘limi xodimi V.Shuxart sifatni boshqarishda statistik usullarga asoslangan nazorat xaritalarini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi. 1930-yillarda buyumlar sifati muammolarini hal qilish uchun butunjahon ishlab chiqarish amaliyoti ishchilari, nazoratchi va menejerlarining birgalikda faoliyat olib borish g‘oyasi ishlab chiqildi. Mahsulot sifatini oshirishda asosiy omillardan biri «ishchilar hayoti», ya’ni ishlab chiqarish xodimlarining sifat shartlari tashkil topa boshladi. XX asrning 2-yarmida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy hayo- tida aholi hayotiy ehtiyojlarini qondirish borasida, mahsulot sifatini ta’minlash talabchan raqobatchilik asosida kompaniyalarni siqib chiqarish (sindirish) omillaridan biri bo‘lib qoldi. 1950-yillarda A.Feygenbaum yalpi sifatni boshqarish (TQ C — Total Quality Control) mazmun va mohiyatini shakllantirib, 1960-yillarda kor- xonani boshqarish sohasida yangi falsafa yaratilishiga asos soldi.