muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa muayyan ketma-ketlikda ifoda- langan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat. 52
Uzluksiz o ‘zgaruvchan kattalikning diskret usuli asosida uzuq diskret qiymatlari, kodlarga o ‘zgartirilishi, asosan, 3 xil usulda: ketma-ket hisob, taqqoslash (solishtirish), sanoq usullarida amalga oshiriladi (2.5-rasm, a, b, d). 2.5. O ‘lchash vositalari va ularning sinflanishi M a’lumki, o ‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. O ‘lchash vositasi deb, o ‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va m e’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O ‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari m e’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o ‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniq- lanishi aynan mana shu o ‘lchash vositasining to ‘g‘ri tanlanishi va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni kelti- rishimiz mumkin: — o ‘lchovlar; — o ‘lchash asboblari; — o ‘lchash o ‘zgartkichlari; — o ‘lchash qurilmalari; — o ‘lchash tizimlari. O‘lchovlar keng tarqalgan o ‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O ‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o ‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o ‘lchovlarga misol qilib