O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə151/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

4 w «sw mm tm mm »«** mn mm wwm

1

2

Metil spirti (metanol, daraxt spirti), o'lim dozasi 100-150 ml

1. Me'da yuviladi, kuchsiz tuzli eritma beriladi, kuchaytirilgan diurez, ishqorlanish bilan. Birlamchi gemodializ. 2. Etil spirti (30% li 100 ml) eritmasi, ichishga; keyin har 2 soatda 50 ml dan 4—5 marta. Koma holatida etil spirtining 5 % li eritmasi vena ichiga, tomchilatib 1 ml/kg hisobida, kuniga. 3. Prednizolon, 25—30 mg, venaga. Vitaminlar B{ (5 % li 5 ml) eritmasi, venaga va askorbin kislota (5 % li 20 ml) eritmasi, venaga, glukoza (40% li 200 ml) eritmasi va novokain (2 % li 20 ml) eritmasi, venaga tomchilatib, ko'rlik paydo bo'l-ganda. ATF 1 % li 2—3 ml eritmasi, mushakka takror. Toksik shok davolanadi.

Etil spirti 98 % li, o'lim dozasi 300 ml

1. Zond orqali me'da yuviladi, kuchsiz tuzli eritma. Kuchaytirilgan diurez. 2. Og'iz bo'shlig'i tozalanadi, til tilushlagichga ilinadi, hiqildoqdan shilimshiqlar so'rib olinadi. Buzilgan nafas harakatlari qayta tiklanadi: atropin (0,1% li 1 ml) eritmasi; kordiamin (2 ml), kofein (2 ml); teri ostiga, vena ichiga yoki til orasiga. Hiqildoq refleksi bo'lmaganda intubatsiya va o'pka sun'iy ventilatsiya qilinadi. Glukoza (40 % li 40 ml) eritmasi, 15 ta'sir birlik insulin, vena ichiga. Vitaminlar B6 va B, 5 ml, mushak orasiga. Siydikni ishqorlash — natriy bikarbonat (4 % li 1000 ml) eritmasi, venaga tomchilatib. Nikotin kislota, 1 ml 5 % li eritmasi, teri ostiga, takror. Antibiotiklar. Toksik shok davolanadi.

Sulema, o'lim dozasi 0,5 g

1. Me'da yuviladi, keyinchalik aktupka, sun'iy ventilatsiyalangan ko'mir (1—2 osh qoshiq) suvli bo'tqa shaklida yoki unitiol (100—150 ml 5% li eritmasi) yuboriladi, takror; me'da yuviladi; 10— 15 min dan keyin birlamchi gemodializ. 2. Unitiol, dozasi 5% li 10 ml eritmasi, mushakka, takror. Totatsin kalsiy, dozasi 10% li 10 ml, 5% li 300 ml glukoza eritmasi, vena ichiga. Tiosulfat natriy, 30 % li 10 ml eritmasi, venaga tomchilatib. 3. Ikkilamchi paranefral, novokainli blokada. Vitamin B,, B6, Bl2 1000 mkg, kuniga. Atropin (0,1% li 1 ml), morfin (1% li 1 ml) eritmasi, teri ostiga. O'tkir buyrak yetishmovchiligi davolanadi. Antibiotiklar, ichishga va mushak orasiga (penitsillin 5 000 000 ta'sir birlikda, kuniga).



1

2

Is gazi

1. Bemor toza havoga olib chiqiladi. To'xtovsiz kislorod ingalatsiyasi bir necha soat davomida o'tkaziladi. Giperbaroterapiya. 2. 5 % li 20—30 ml askorbin kislota vena ichiga, 5 % li 500 ml glukoza va 2 %li 50 ml novokain eritmasi yuboriladi. Qo'zg'a-luvchanlikda aminazin (2,5 % li 2 ml), dimedrol (1 % li 1 ml), pipolfen (2,5 % li 2 ml), promedol (2 % li 1 ml) eritmasi, mushak orasiga. Nafas olish buzilganda eufillin (2,4 %li 10 ml) eritmasi, mushak orasiga, sun'yi o'pka ventilatsiyasi o'tka­ziladi. Tomir tortganda barbamil (10 % li 3 ml) eritmasi, vena ichiga. Vitaminoterapiya. Uzoq koma holatida bosh gipotermiyasi; geparin, dozasi 5 000—10 000 ta'sir birlikda kuniga, venaga. Antibiotiklar, osmotik diuretiklar. Takror lyumbal punksiya.

Fosfor-organik vositalar (tiofos, xlorofos, kar-bofos, trixlorofos va b.) Tiofos, o'lim dozasi 2 g

1. Me'da takror yuviladi, kuchsiz tuzli eritma. 2. I bosqich — 0,1 % li 2—3 ml atropin eritmasi, teri ostiga. 2,5 % li 2 ml aminazin, 25 % li 10 ml magniy sulfat eritmasi, mushak orasiga. Og'iz qurisa, atropin yuboriladi, kun davomida. II bosqich — atropin 3 ml venaga, glukoza suyuqligi bilan, takror, shilliq qavat qurishigacha (15—20 ml). Gipertoniya va tomir tortishlarda 2,5 % li 1 ml geksoniy eritmasi; 2,5 % li 10 ml magniy sulfat eritmasi, mushak orasiga; 10 % li 5 ml barbamil eritmasi, venaga; natriy bikarbonat 4% li 1000 ml, venaga, xolines-teraza reaktivatori (15 % li 1 ml dipiroksima eritmasi, teri ostiga, takror. Ill bosqich — • o'pka sun'iy ventilatsiyasi. Venaga atropin tomchilatib (20—30 ml), bronxoreyani to'xtatish. Xolinesteraza reaktivatori. Toksik shok davolanadi. Gidrokortizon (300 mg), mushak orasiga. Antibiotiklar. Qon o'rnini bosuvchi operatsiya, zaharlanishdan keyin 2—3- kunlari xolinesterazaning past aktupka — sun'iy ventilatsiyasi va yurak o'tka-zuvchanligi 'buzilganda.


» mm ww wwr

«.-.--411871



DOM MODDALARI TA'SIRI NATIJASIDA KELIB

CHIQADIGAN ANAFILAKTIK SHOKDA SHOSHILINCH

YORDAM KO'RSATISH JADVALI

H ozirgi vaqtda anafilaktik shokning kelib chiqishida, asosan, antibiotiklar sabab bo'lmoqda. Chunonchi, penitsillin va boshqa dori moddalari. Shunday allergenlar sababli chaqirilgan anafilak­tik shok tez rivojlanadi. Shu bois o'limning oldini olish uchun davolash chora-tardbirlarini barvaqt boshlash lozim.

Allergologiya praktikasida anafilaktik shokni davolash jadvali-dan foydalaniladi. Bu jadval asoschilari A.D.Ado va Y.A. Samu-shiya (1973) lardir. Davolash quyidagi tartibda — jadval asosida olib boriladi:


  • bemorga, teri ostiga 0,1 % li 1 ml adrenalin eritmasi yuboriladi;

  • mumkin bo'lsa, allergen dori o'tkazilgan joy yuqorisidan jgut bog'lanadi va 0,1% li adrenalin eritmasi o'tkazilib, allergen sekin so'rilishi uchun, muzli xaltacha qo'yiladi;

  • 2—4 ml kordiamin vena ichigayuboriladi;

  • agar arterial bosim va tomir urishi aniqlanmasa va bemor hushiga kelmasa, tezda 0,1 % li 1 ml adrenalin, 40 % li 20 ml glukoza eritmasi bilan birga vena ichiga yuboriladi;

  • mushakorasiga 2,5% li 2—3 ml pipolfen, 1 % li dimedrol eritmasi yoki 2% li suprastin eritmasi yuboriladi;

  • bronxospazm paydo bo'lganida vena ichiga 2,4 % li 10 ml aminofillin (eufillin) eritmasi 40 % li 10 ml glukoza eritmasi bilan birga yuboriladi;

  • agar bemor ahvoli og'ir bo'lsa, bir vaqtning o'zida tomir ichiga, takror 0,1% li 1 ml adrenalin eritmasi 40 % li 20 ml glukoza eritmasi bilan birga va 5 % li glukoza eritmasi (250—300 ml) tomchilatib 0,1 % li 2 ml adrenalin eritmasi bilan birga;
    0,2 % li 5 ml noradrenalin yoki 1—2 ml mezaton yuboriladi.

  • tomir ichiga, tez 30—60 mg prednizolon yoki 100—200 mg gidrokortizon yuboriladi.

Barcha tadbirlar tez o'tkaziladi, arterial bosim va tomir urishini normallashtirish davom ettiriladi, bemor hushiga keltiriladi;

anafilaktik shok, penitsillin yuborilishi natijasida paydo bo'lganda, adrenalin takror tomir ichiga yuboriladi (mumkin bo'lsa, mushak orasiga), 1 000 000 ta'sir birlikda penitsillinaza, 6—8 soatdan keyin penitsillinaza takror yuboriladi;



  • hiqildoqning shishuvi natijasida hosil bo'ladigan bo'g'ilishda shoshilinch holatda traxeostomiya tavsiya qilinadi;

  • yurakni bilvosita massaj qilish kabi, og'izdan-og'izga nafas berishga ehtiyoj paydo bo'lsa, bu tadbirlarni zudlik bilan boshlash tavsiya qilinadi.

Shoshilinch yordam ko'rsatilib,arterial bosim va puls normaga kelgandan keyin bemor jadal davolash palatasiga yoki allergologiya bo'limiga joylashtirilishi lozim.

Terminal holatlarni va klinik o'lim holatini boshidan o'tkazgan bemorlar reanimatsiya bo'limlariga ko'chirilishlari shart. Bemor holati 8—10 kun davomida nazorat qilinishi kerak. Bu davrda antigistamin preparatlari va glukokortikoidlar (suprastin 0,025 g dan 3—4 marta, kuniga, prednizolon 5 mg dan 4—6 marta, kuniga yoki triamsinolon 4 mg dan 4 marta, kuniga, dozani kamaytirib borish, to'xtatish) buyuriladi. Buyrak va jigar funksiyasi doim nazorat qilib turilishi kerak. Allergik gepatit va nevritning sodir bo'lishi mumkinligi sababli, allergik miokarditni ertaroq aniqlash maqsadida EKGni takror belgilanadi. Bemorni nevropatolog va ginekolog maslahatidan o'tkazish shart, chunki asab sistemasida allergiya ta'sirida zararlanish (ensefalomielit, aoliradikulonefrit) holatlari kuzatilishi mumkin.



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin