O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


O'zbekistonda anesteziologiya-reammatologiya xizmatining tashkil etilishi va rivojlanishi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə3/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.1. O'zbekistonda anesteziologiya-reammatologiya xizmatining tashkil etilishi va rivojlanishi

Respublikamizda anesteziologiya-reanimatologiya xizmati 1966-yildan boshlab rivojlana boshladi, ya'ni shifokorlar malakasini oshirish oliygohida anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash kursi ochildi. Keyinchalik oliygohga qarashli birinchi shahar klinikasida anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi tashkil etildi (1970). Unga professor A.S.Zarzar boshchilik qilib, kafedra yosh mutaxassis-larni aspirantura va klinik ordinaturaga qabul qila boshladi. Hozirgi vaqtda respublikamiz klinika va kafedralarida shu soha bo'yicha 40 dan ortiq professor, 8 ta tibbiyot fanlari doktorlari, 60 ga yaqin tibbiyot fanlari nomzodlari xizmat qilib kelmoqdalar. Anesteziolog-reanimatologlar soni respublikamiz bo'yicha 2003-yil hisobiga qaraganda 2006 ta bo'lib, respublikamizdagi umumiy shifokorlar sonining 3,8 %ini tashkil qiladi. Ko'pchilik anesteziolog-reanimatologlar jadal davolash bo'limlarida yoki reanimatolog bo'lib ishlamoqdalar.

Anesteziologiya-reanimatologiya xizmati uch bosqichda boshqariladi:


  • O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligidagi bosh mutaxassis — bosh anesteziolog-reanimatolog;

  • viloyatlardagi bosh mutaxassis;

— tumanlardagi bosh mutaxassislar.
Respublikamizning hamma viloyatlarida, tuman kasalxonalari va tez tibbiy yordam Markazlarida anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari mavjud, ayrim kasalxonalarda esa mutaxassisliklar bo'yicha anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari tashkil etilgan (masalan, tug'uruqxona va bolalar kasalxonalarida, kardiologiya bo'limlarida va h.k.).

Anesteziologiya xizmati faqat og'riqsizlantirish bilan shu-g'ullanadi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash, anesteziya turini aniqlash, operatsiya va boshqa tekshirish muolajalarida organizm ishini sun'iy boshqarish, organizmni operatsiya davomidagi shikastlar, ruhiy toliqishlardan asrash, operatsiya tugagandan so'ng bemorni reanimatsiya xizmatiga (albatta bemor uyg'ongandan so'ng) topshirib, narkoz kartasiga yozib imzo qo'yish bilan chegaralanadi. Bundan keyingi jarayonlar reanimatolog javob-garligiga o'tadi. Ko'pchilik viloyat va tuman Markaziy kasalxona­larida qo'shma reanimatsiya-anesteziologiya va jadal davolash bo'limlari mavjud bo'lib, u yerlarda hozirgi davolash usullari qo'llaniladi. Katta klinik kasalxona va ilmiy tekshirish institutlarida bu xizmatlar alohida ko'rinishda yoki har sohaning o'z reani-matsiyasi masalan, neyroreanimatsiya, kardioreanimatsiya, tok-sikologik reanimatsiya, operatsiyadan keyingi reanimatsiya, bolalar reanimatsiyasi, tug'ruqxonalar reanimatsiyasi va hokazolar bo'lishi mumkin.

Respublikamizdagi katta klinika va markazlarda anesteziologiya xizmati reanimatologiya xizmatidan ajratilgan, buning sababi birinchidan kadrlar, apparatura va ayrim anjomlar yetishmasligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan mutaxassislarning o'rin almashinib ishlashiga, shu bilan birga universal mutaxassis bo'lishga imkon yaratilishidir. Respublikamizda reanimatsiya—-intensiv davolashda har 10000 aholiga 10,7 ta kasal o'rni to'g'ri keladi. Bemorlarning o'rtacha reanimatsiya bo'limida bo'lishi 3,7 kunni tashkil qiladi, kasal o'rni band bo'lishi bir yilga 293 kunni, kasal o'rni aylanishi 77,9 tani tashkil qiladi. Reanimatsiya bo'limlari bo'yicha o'rtacha o'lim 8,7 %ni tashkil etadi.

Respublikamizda 1992-yil 18-avgustda Sog'liqni saqlash vazirligining 445-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalqiga anes-teziologiya-reanimatsiya xizmatini kelajakda takomillashtirish va yaxshilash choralari to'g'risida" qabul qilgan qaroriga muvofiq shu soha xizmati takomillashtirib borilmoqda. Bu ikkala sohaning rivojlanishi, ko'rsatiladigan xizmatlar yoki boshqa o'xshashliklarini hisobga olib, anesteziologiya va reanimatsiya emas, balki anesteziologiya-reanimatologiya xizmati deb, bu soha shifokorlarini esa anesteziolog-reanimatologlar deb atashga kelishildi.

1999-yilda Respublika anesteziolog-reanimatologlarining I syezdi bo'lib o'tdi, Respublika anesteziolog va reanimatologlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, bu tashkilot Yevropa va Jahon anesteziolog-reanimatologlar tashkilotiga kiritildi. O'zbekistonda anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash va o'qitish bo'yicha Yevropa regional fondining ochilishi, respublikamizda aneste­ziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanishiga turtki bo'ladi. 2001— 2003-yillarda respublikamizga 250 dan ortiq narkoz, sun'iy nafas berish apparatlari va boshqa diagnostik davolash asbob-uskunalari keltirildi, katta klinikalarda narkoz uchun laringial maskalar qo'llanila boshlandi.

2003-yil Buxoro shahrida O'zbekiston Respublikasi anes-teziolog-reanimatologlarining П syezdi bo'lib o'tdi, unda Rossiya va Hamdo'stlik davlatlaridan delegatlar qatnashib, anesteziologiya-reanimatologiya xizmatidagi yutuqlar, qilingan ishlar, kelajakda bajarilishi kerak bo'lgan muammolar haqida kelishib olindi. Respublikamizda bu soha xizmatining to'xtamasdan rivojlanib borishi qayd qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to'g'risida"gi 1998-yil 10-noyabr PF-2107 sonli Farmoni aneste-ziologiya-reanimatologiya xizmatini ham isloh qilishni chetda qol-dirmadi. Isloh qilishning Davlat dasturida eng ahamiyatlisi respub-likada tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va oshirishga imkon bergan shoshilinch tibbiy yordamning mukammal tizimini barpo etishdir.

Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturida belgilangan vazifalarni joriy etish, jumladan, tibbiy yordam sifatini oshirish masalalarida tibbiyot kadrlarini tayyorlash Dasturlan ham qayta ko'rib chiqildi. Uzluksiz tibbiy ta'lim va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillari joriy etildi.

Islohotning muvaffaqiyatli joriy etilgani — birinchi bosqichi, islohotning ikkinchi bosqichi — aholiga turli sohalar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatish va ixtisoslashgan yordam sifatini yaxshilaydigan yuqori texnologiyaga ega respublika ixtisoslashgan markazlarini shakllantirishga zamin yaratdi. Ochilgan markaz va klinikalarda kechiktirib bo'lmaydigan yordam ko'rsatishda reanimato-logiya xizmatining alohida o'rni borligi haqida ko'rsatib o'tildi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin