O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas
Qonda bo'ladigan o'zgarishlar, asosan, eritrotsitlar va gemoglobinning gemolizi bilan bog'liq bo'lib, karboksigemoglobin miqdori, metgemoglobin va erkin gemoglobinning ko'payishi bilan ifodalanadi. Xususan, qon zaharlari bilan zaharlangan bemorlarda gemoglobinni ishlash qobiliyati umuman yo'qoladi. Bemorlar shilliq qavatlarining rangi ko'kimtir bo'ladi. Oradan ma'lum vaqt o'tgandan so'ng, qonda anemiya, leykotsitlar, fermentlarning ko'tarilishi kabi holatlar, gemogipoksiyabelgilari sodir bo'ladi. Uni zaharlanishdan farqlash uchun bemor qonining bir tomchisini idishga olib ko'rganda rangi tezda o'zgaradi. Bunday bemorlar barokameralarda davolanadilar va antidodli terapiya qo'llaniladi.