O'tkir zaharlanishlarni davolashda quyidagilar ko'zda tutiladi: zaharni organizmdan tezda chiqarib tashlash; antidodlar yordamida zahar ta'siri va so'rilishini kamaytirish; hayot uchun zarur bo'lgan a'zo va sistemalar ishini boshqarish va yaxshilash; asoratlarini davolash.
li
Tibbiyot xodimi bemorga yordam ko'rsatishda zudlik bilan zaharlanish sababi, zaharlovchi modda xarakteri, zaharlanish muddati va miqdori, zaharning organizmga tushgan yo'lini va o'tgan vaqtni aniqlashi kerak. Ingalatsion zaharli moddalar bilan zaharlangan bemorlar toza havoga olib chiqiladi, nafas yo'llari tozalanib ularning o'tkazuvchanligi ta'minlanadi. Zaharli modda teri yoki ochiq joyga tushgan bo'lsa, suv bilan yuviladi. Organizm bo'shliqlariga (qin, siydik qopi yoki oshqozon-ichaklar) tushgan bo'lsa, huqna va chayish yo'li bilan yuviladi. Zaharli hayvon yoki hasharotlar chaqqan bo'lsa, chaqqan joyiga jgut qo'yilib, blokadalar qilinadi, muz xaltachalar qo'yiladi va og'riq-sizlantiruvchi dorilar qilinadi; zaharga qarshi zardob yuboriladi (qoraqurt, ilon, qorasonga qarshi zardoblar mavjud).