NAZORAT SAVOLLARI
Koma nima? Komaga yaqin yana qanday holatlarni bilasiz?
I nsult nima? Nima sababdan insult yuz beradi? Birinchi yordam
qanday amalga oshiriladi?
Ishemik insultning gemorragik insultdan farqi nimada?
Miya shishuviga nimalar sabab bo'ladi? Birinchi yordamda, miya
shishuvida qanday dorilar ishlatiladi?
Asab sistemasi jarohati nimalardan iborat? Travmatik komada
qanday birinchi yordam ko'rsatiladi, bemor qanday keltiriladi?
Lat yeyish, miya silkinishining bir-biridan farqi nimada?
Hush yo'qotish darajalari haqida nimalami bilasiz?
Elektroensefalografiya nima, vazifalari nimalardan iborat?
Qaysi belgilariga qarab miyani o'lgan deb aytish mumkin?
Orqa miya punksiyasi uchun hamshira qanday asboblarni
tayyorlashi kerak?
O'tkir buyrak yetishmovchiligi, sumnkali buyrak yetish-
movchiligi nima? Uremik komada birinchi yordam qanday
bo'ladi?
Endogen komaning qanday turlari bor?
Jigar komasi nima sababdan kelib chiqadi, klinik belgilari,
birinchi yordam qanday bo'ladi?
Jigar komasida qo'llaniladigan dezintoksikatsiya qiluvchi usullar
to'g'risida nimalarni bilasiz?
Komalarda hamshira tashxisini qo'ying, parvarish rejasini tuzing.
Komalarda kuzatish varaqasini to'ldiring. Komalarda qanday
kuzatish hollarini bilasiz? Qanday tahlillar olib ularga e'tibor
berasiz?
Komalarda tez sodir bo'lib turadigan xavfli sindrom —
Mendelson sindromining oldini olish choralarini bilasizmi?
Komalarda ovqatlantirishni qanday amalga oshirasiz?
Komalardagi parvarish usullarining boshqa parvarish usullaridan
farqi nimada?
TESTLAR
/. Koma so'zining ma'nosi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A. O'zini-o'zi himoya qilish.
B. Tebranish.
С Qo'zg'alish.
D. Chuqur uyquga ketish.
E. A va D javoblar to'g'ri.
2. Jigar komasi sabablari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A. Jigar va o't yo'llari kasalliklari.
B. Sirroz.
C.Gipoksiya va og'ir shikastlar.
D. Shok holatlari.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
3. Miyaga qon quyilishi natijasida sodir bo 'ladigan кота qanday
nomlanadi?
A. Gipoglikemik koma.
B. Apopleksik koma.
C. Uremik koma.
D. A va С javoblar to'g'ri.
E. Hamma javoblar to'g'ri.
4. Buyrak kasalliklari natijasida yuzaga kelib, qonda siydik
miqdori ко 'payadi, azot qoldiqlari bilan organizm qattiq zaharlanadi.
Ushbu ta'rif qaysi komaga tegishli?
A. Uremik koma.
B. Apopleksik koma.
C. Gipoglikemik koma.
D. Jigar komasi.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
5. O'tkir buyrak yetishmovchiligining 3-bosqichi qanday
nomlanadi?
A. Poliuriya bosqichi.
B. Oligoanuriya bosqichi.
C. Sog'ayish bosqichi.
D. Boshlang'ich bosqich.
E. Kompensatsiya bosqichi.
Dostları ilə paylaş: |