O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Reanimatsiya hamshirasining vazifalari



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə13/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.5. Reanimatsiya hamshirasining vazifalari

Reanimatsiya hamshirasi vazifasiga anesteziologiya va reani­matsiya sohasi bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan o'rta tibbiyot xodimi tayinlanadi.

Hamshira:


  • bo'lim boshlig'i, bo'lim katta hamshirasi hamda to'g'ridan-to'g'ri anesteziolog-reanimatolog shifokorga bo'ysunadi;

  • bo'limdagi hujjatlar va buyruqlar, ko'rsatma va holatlarga tayangan holda ish ko'radi;

  • ish davomida bo'limdagi narkoz, sun'iy nafas berish apparatlarini hamda zarur boshqa barcha asbob va jihozlarni tayyorlash hamda ishlatishni bilishi shart;

  • infuzion terapiyada har qaysi bemor uchun kerakli dori-darmon va parvarish jihozlarini tayyorlaydi;

  • aseptika, antiseptika, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiladi;

  • o'z bilimini oshirib boradi;

  • shifokor anesteziolog nazorati ostida bemorni narkoz berishga tayyorlaydi. U sun'iy nafas o'tkazishni, donordan qon olishni va qon guruhlarini aniqlashni, to'g'ridan-to'g'ri qon quyishni va qon quyish yo'llarini, elektrokardiogrammaga yozishni va taxminan uni o'qishni bilishi kerak;

  • bemorning nafas yo'llarini, o'pkani lavak qilish hamda lavak tarkibidagi dorilarni aniqlay bilishi kerak;

  • infuzion terapiyadan keyin o'z-o'zidan bo'ladigan qaltirash va sovuq qotishlarda bemorga yordam bera olishi;

  • kislorod bilan davolash, vaqti-vaqti bilan kislorod berish va bu maqsadda qaysi asboblarni tayyorlashni, ballonlar bilan muomala qilishni bilishi, kislorod bilan davolash asoratlari va uning oldini olish choralarini bilishi kerak;

  • o'z ishi davomida elektr asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi;

  • kuzatuvda boigan bemorlarning ko'rinishiga, ko'rsatkich va tahlillariga qarab xavf-xatar yaqinlashib kelishini sezishi, oldindan tegishli choralarni ko'rishi kerak.

Sun'iy nafas berish apparatlari bilan ishlaganda hamshira ularning ko'rsatkichlariga qarab bemorda salbiy tomonga o'zgarish sezsa, darhol shifokorni chaqirishi yoki bemorni apparatdan ajratib, qo'H bilan sun'iy nafas berishni davom ettirishi kerak (4-rasmga qarang). Traxeostoma, o'mrovosti venasiga, siydik qopchasi yoki epidural bo'shliqqa qo'yilgan katetrlarning holatini kuzatib turadi.

Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limidagi hamshiralarning ishi boshqa bo'limdagi hamshiralar ishidan farq qiladi. Bu bo'limda 1—2 ta bemorga bitta hamshira qaraydi, ba'zan zudlik bilan bir nechta muolaja qilishga to'g'ri keladi. Bu esa hamshiradan puxta bilim, sof vijdon va chaqqonlik talab qiladi.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin