Intensiv palatada to'g'ridan-to'g'ri yoki toza sitratli qon quyish zarurati tug'ilganda bemorning qon guruhini aniqlash uchun zardoblar, shprislar, qon olish uchun kerakli jihozlar, qon guruhi oldindan aniq bo'lgan donorning manzili, uy telefoni bo'lishi juda muhimdir.
Palatalar bemorlar va kasallik (miokard infarktlar, ope-ratsiyadan keyingi bemorlar, yiringli kasalliklar uchun va hokazolar) turiga qarab bo'linadi.
Reanimatsiya zali— reanimatsiya bo'limining asosi bo'lib, kattaligi 24—30 m2 ni tashkil qiladi, zal operatsiya xonasidek shinam, toza bo'lib, kvars lampasi bilan ta'minlanishi kerak. Reanimatsiya zaliga bemorlar ahvojiga qarab boshqa bo'limlar, palatalar yoki tez yordam mashinasidan – to`g`ri keltirilishi mumkin. Shuning uchun ham zalda yuqorida sanab o'tilgan hamma asbob-uskunalar va dori-darmonlar bo'lishi shart. Zalda defibrilyator va monitorning bo'lishi bemorning ahvolini kuzatish va kerak bo'lganda unga zudlik bilan yordam ko'rsatishda muhim rol o'ynaydi. Bemorlar zalda 2—3 soatdan bir necha kungacha davolanishlari mumkin. Zalga keltirilgan bemorlarning ahvoli to'satdan og'irlashib qolishini hisobga olib "navbatchi tizim" doim tayyor turish kerak. Reanimatsiya zalida ishlaydigan hamshira jarrohlik bo'limidagi yoki operatsiya hamshirasi ishlarini yaxshi bilishi zarur. Reanimatsiya zali jarrohlik bo'limiga taalluqli buyruqlarga bo'ysunadi va shu buyruqlar asosida ish ko'radi.
Izolator — ahvoli og'ir, lekin hali tashxisi mavhum bo'lgan bemorlar yotqiziladigan joy bo'lgani uchun, u yerda yotgan bemorlarga ishlatilgan asbob-uskunalar alohida bo'lishi va ishla-tilgandan so'ng ham alohida zararsizlantirilishi shart. Izolator ham reanimatsiya palatasidek jihozlanadi va talablari ham bir xil.