O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Miya o'limida reanimatsiya usullari



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə22/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.10. Miya o'limida reanimatsiya usullari

O'pka-yurak reanimatsiyasi muvaffaqiyatli o'tkazilgandan keyin yurak ishi yaxshilanadi, qon aylanishi tiklanadi, qon bosimi ko'tariladi, tomir urishi yaxshilanib, bemor o'zi nafas ola boshlaydi, lekin bemor hali hushiga kelmaydi. Bu holat shifokorlarni tegishlicha choralar ko'rishga chorlaydi. Har qanday muvaffaqiyatli reanimatsiyadan keyin ham organizmda asoratlar qoladi. Bu holatlar reanimatsiyadan keyingi holat yoki klinik o'lim paytida sodir bo'lgan metabolik moddalar buzilishi va gipoksiya natijasi deb hisoblanadi. Zamonaviy reanimatsiyaning vazifalaridan biri terminal holatdagi kasallarning asab sistemasida boiadigan patologik jarayonlarni o'rganish va ularga qarshi kurashishdan iborat. Bizga ma'lumki, og'ir holatlarda miyada modda almash-inishi buziladi, neyronlar ishdan chiqadi, miya to'qimalarida ADF, ATF fermentlari kamayib ketadi, energiya zahirasi esa 3—4 daqiqaga yetadi. Keyinchalik neyronlar nekrozga uchray boshlaydi. Shuning uchun vaqtni o'tkazmasdan muolajani boshlab, miyada qon aylanishini yaxshilash, to'qimalarni kislorod bilan ta'minlash, elektrolitlar tengligini yaxshilash, mikrosirkulatsiyani ta'min-lashga erishish zarur. O'pka-yurak reanimatsiyasi bilan bir qatorda miya reanimatsiyasi to'g'risida ham bosh qotirib hamma choralarni ko'rish kerak, aks holda miya to'qimalarida qaytmas holatlar sodir bo'ladi, ya'ni miya o'ladi. Miya ishemiyasi qanday sababga (kalla-miya shikasti, insult, boshqa giptoksik holatlar) kelib chiqishidan qat'iy nazar, davolash choralari iloji boricha tez amalga oshirilishi kerak. Ishemiya zonasining tarqalmasligiga, bu zonani pasaytirishga harakat qilish lozim.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin