O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Anesteziologiya-reanimatologiya boiimlari va jadal davolash palatalarida tegishli hujjatlarni olib borish



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə19/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.7. Anesteziologiya-reanimatologiya boiimlari va jadal davolash palatalarida tegishli hujjatlarni olib borish

Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlarida kasallik tarixi, narkozni olib borish kartasi va bemor reanimatsiya bo'limiga keltirilgandan so'ng yurgiziladigan reanimatsiya varaqasi yoki kuzatuv varaqasi asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. Anesteziolog kasallik tarixiga bemorni narkozga tayyorlash usullari, kerakli muolaja va tahlillarni bajarish tartibini yozadi. Bulardan tashqari, anesteziologik xavfning qay darajada ekanligini, narkoz turi, kutiladigan asoratlar va uning oldini olish yo'llarini, kasallik tarixiga batafsil yozib qo'yishi kerak. Bemor reanimatsiya yoki jadal davolashga muhtoj bo'lsa, kasallik tarixiga bemorning ahvoli, reanimatolog xulosasi va tegishli takliflarni yozadi.

Kuzatuv varaqasini to'ldirish jiddiy e'tibor va o'ta aniqlik talab qiladi, chunki bemorning ahvoli har daqiqada o'zgarishi, oldin buyurilgan muolaja bemorning hozirgi ahvoliga to'g'ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun har bir muolaja va yozuvlar asoslangan holda berilishi kerak. Reanimatsiyada yotgan bemorga standart muolajalar to'g'ri kelmaydi, bemor holatining o'zgarishiga qarab muolaja ham o'zgartirilishi mumkin. Navbatchilikni topshirishdan oldin jami bajarilgan ishlar hamshira va shifokor tomonidan ko'rib chiqiladi.

Reanimatsiya bo'limidagi jurnal qabul qilish yoki ko'chirish jurnali deb yuritiladi. Bu jurnalga bemorning ismi, familiyasi, kclgan kuni, tuzalib ketguncha qaysi bo'limga ko'chirilgani, kim tomonidan yuborilganligi, klinik tashxislar va bemorning taqdiri haqidagi ma'lumotlar yozib boriladi. Yuqorida aytib o'tilgan hujjatlardan tashqari, bo'limda narkotiklarni ro'yxatga olish va ularning sarflanishini nazorat qilish, qimmatbaho va noyob dorilarni ro'yxatga olish jurnali yuritiladi va hokazo.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin