O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə27/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

4 -rasm. Sun'iy nafas berish yo'llari:

a — bemor bo'ynini (boshini) orqaga qayirib, pastki jag'ini oxirigacha ochish; b - og'izdan-og'izga nafas berish; d - kattalarga va go'dakka sun'iy nafas berish.

5-rasm. Yurakni yopiq usulda uqalash.


Tashqi massaj asoratlari. Bemorni tashqi massaj qilish noto'g'ri bajarilganda qovurg'alar sinishi, o'pka va ichki a'zolar shikast-lanishi, ulardan qon ketishi, perikard, nafas yo'llari jarohatlanishi kabi asoratlar bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'pka-yurak reanimatsiyasida tashqi massajni bilimdon, jismonan baquvvat hamda massaj qilish usulini puxta biladigan reanimatolog bajarishi kerak.

O'pka-yurak reanimatsiyasini muvaffaqiyatli o'tganini bildiruvchi belgilar quyidagilardan iborat: ko'z qorachig'i toraya boshlaydi, uyqu arteriyasi — tomir urishi paydo bo'ladi, bemor lablari qizara boshlaydi, qon bosimi ko'tarilib, periferiyada tomir urishi paydo bo'ladi. Asta-sekinlik bilan bemorda tartibsiz harakatlar va qo'zg'aluvchanlik, nolish paydo bo'ladi, lekin 1—2 sutka davomida hushida bo'lmaydi, ayrim nevrologik belgilar paydo bo'la boshlaydi. Yuqorida qayd qilingan klinik belgilar 15—20 daqiqa ichida paydo bo'lmasa reanimatsiya ishlari to'xtatiladi.

Yurakni bevosita yoki ochiq massaj qilish ham mumkin. Ko'krak, nafas a'zolarida operatsiya o'tkazilayotgan paytda, yurak to'xtasa bevosita massaj qo'llaniladi.

Ko'krak qafasining anatomik tuzilishi Garohatlar, bukrilik) buzilganda defibrillatsiyadan keyin, yurak tamponadasida ko'krak qafasi emfizemasi va homiladorlikning 7—8-oylarida, yurak klapanlari protezlanganda, yurak jarohatlarida tashqi massajning foydasi bo'lmaganda, vaqtni o'tkazmay bevosita massaj qilish zarur.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin