2.3. Dori-darmonlar yordamida yurakni qayta ishlatish
Klinik o'lim yoki terminal holatlarda dorilarni tomirga va yurak ichiga yuborilgandagina foyda beradi. Tomirni topish qiyin bo'Isa, bemor intubatsiya qilinib, o'pka ichiga dori yuborish ham mumkin. Dorilarni o'pka ichiga yuborish dorini tomir ichiga yuborgandan ham tez va kuchli ta'sir qiladi. O'pka ichiga dorilar ko'proq miqdorda natriy xlor eritmasiga qo'shib yuboriladi. Terminal holatlarda yoki klinik o'limda dorilardan lidokain, atropin, adrenalin va soda kabi dorilar yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |