Yurak bo'shlig'iga to'g'ridan-to'g'ri dori yuborish. Tomir yoki o'pkaga dori yuborish imkoni bo'Isa, dori moddalarni to'g'ridan-to'g'ri yurakka yuborishga shoshilmaslik kerak. Chunki shoshma-shosharlik bilan ishlashda o'pka va yurak toj tomirlariga zarar yetishi, dorilar yurak bo'shlig'iga emas mushaklar orasiga tushishi mumkin, bu paytda tashqi massajni to'xtatib turishga to'g'ri keladi. Dorilar yurakning qisqarishiga salbiy ta'sir qilishi ham mumkin.
Yurak bo'shlig'iga adrenalinning 0,1 %lieritmasi, 10 %li kalsiy xlor eritmasi, 2 %li lidokain eritmasi, 0,1 %li atropin sulfat eritmasi, 7,5 % li bikarbonat natriy eritmasi yuboriladi. Yurakka yuboriladigan dorilar miqdori tomirga yuboriladigan dori miqdorining teng yarmini tashkil qilishi kerak yoki shifokor tavsiyasigako'ra, vaziyatga qarab belgilanadi.
Adrenalinning 0,1 % li eritmasi alfa, betta retseptorlarni qo'zg'atadi, periferik tomirlarni qisqartiradi, miya-yurak tomirlarini kengaytiradi va demak, yurak va bosh miya qon aylanishini yaxshilaydi, yurak mushaklari tarangligini oshiradi, kichik to'lqinli fibrillatsiyani katta to'lqinli fibrillatsiyaga aylantiradi, ya'ni defibrillatsiyaga sharoit yaratadi.
Natriy bikarbonatning 4 yoki 7,5 % li eritmasi qo'llanil-ganda, yurak to'xtagandan ikki daqiqa o'tgandan keyin sodir bo'ladigan asidoz holatni tartibga keltiradi. Lidokainning 2 % li eritmasi aritmiyaga qarshi keng qo'llanilib, 200—300 mg gacha yuboriladi.
Kalsiy xlorning 10 % li eritmasi yurak ritmi va mushaklar tonusini oshirish uchun qo'llanilib va yaxshi kardiotonik hisoblanadi. U yurak mushaklarini qo'zg'atadi. Muolajalarni bajarishda hamshiraning o'z vazifalari bor. Reanimatsiya hamshirasi, yuqorida ta'kidlaganimizdek, juda ziyrak, bilimdon va chaqqon bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |