NAZORAT SAVOLLARI
Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida nimalarni bilasiz?
O'pka-yurak reanimatsiyasini amalga oshirish elementlari nimalardan iborat?
Tashqi massajdan keyin qanday asoratlar qolishi mumkin?
Dori-darmonlar yordamida yurak faoliyatini qayta tiklash haqida nimalarni bilasiz?
To'g'ridan-to'g'ri yurak bo'shlig'iga dori yuborish texnikasi nimalardan iborat?
Elektrokardiogramma (EKG) nima?
Defibrillatsiya haqida nimalarni bilasiz?
TESTLAR
1. Klinik o'lim qaysi kasallikdan keyin sodir bo'lishidan qat'iy nazar uning potogenezida qaysi jarayon yotadi?
A.Gipokapniya.
B.Aspiratsion pnevmoniya.
C. Insult.
D.Gipoksiya. E.Giperglikemiya.
2. Biologik o'lim klinik o'limdan nimasi bilanfarq qiladi?
A. Moddalar almashinuvi batamom to'xtaydi.
B. Moddalar almashinuvi sust bo'lsada, saqlanadi.
C. Bemor reflekslari so'nadi.
D. Qon aylanishi to'xtaydi.
E. O'tkir nafas yetishmovchiligi sodir bo'ladi.
3. Oddiy о 'pka-yurak reanimatsiyasida yurak tashqi massajini bajarish uchun qo'llar bemor tanasining qaysi qismiga qo'yiladi?
A. Ko'krakqafasiningo'ngtomoniga 7—8-qovurg'alar ustiga.
B. Ko'krak qafasining chap tomoniga 7—8-qovurg'alar ustiga.
C. Ko'krak qafasining chap tomoniga 3—5-qovurg'alar ustiga.
D. To'sh suyagi tanasi ustiga.
E. Epigastral sohaga.
4. Bobrov apparati quyidagi patologik holatlardan qaysi birida qo'llaniladi?
A. Oshqozondan qon ketganda.
B. O'tkir nafas yetishmovchiligida.
С. O'tkir ichak tutilishida.
D. Yurak to'xtaganda.
E. Yuqoridagi barcha holatlarda.
Dostları ilə paylaş: |