O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə34/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Gipoksiya klinikasi va uni tashxislash.Gipoksiyaning kelib chiqish sababidan qat'iy nazar klinikasi bosqichma-bosqich kechadi.

Birinchi bosqichda yoki yengil gipoksiya holatida bemor lablari ko'kargan, nafas 25—30 marta, tomir urishi 120—125 marta, qon bosimi oshgan, bemorning hushi o'zida, eyforiya, arteriya qonida PO2 90—92 %, PCO250—60 mm.sim.ust.ga teng.

Ikkinchi bosqich yoki o'rtacha darajali gipoksiyada ko'karish ortadi, nafas olish soni bir daqiqada 35—40 taga yetadi, hansirash ko'payadi, qon bosimi oshadi, tomir urishi tezlashib 130—140 taga yetadi, bemor organizmi ter bilan qoplanadi, PO2 85 %, PCO2 60—80 mm.sim.ust.ni tashkil qiladi. Bemor injiqlanadi, ko'rsatmalarga quloq solmaydi.

Uchinchi bosqichda bemor komada bo'ladi, ko'karish butun organizmga tarqalgan, badani sovuq, reflekslar chaqirilmaydi. Qon bosimi past, kasal qo'zg'aluvchan, tomir urishi 160 va undan ortiq. Nafas olish 45—50 ta, PCO2 80—90 mm.sim.ust.ga yetadi.

Gipoksiyaning to'rtinchi bosqichida bemor og'ir komada yoki terminal holatda bo'lishi mumkin, PO2 70 % yoki undan past, PCO2100 mm.sim.ust. ni tashkil qiladi. Shunday qilib, gipoksiya sabablaridan qat'iy nazar hansirash, terlash, taxikardiya, gipotoniya, oldin bezovtalik, keyinchalik hushning yo'qolishi, teri qoplamlarining sovuq ter bilan qoplanishi va akrotsianoz, gipertermiya holatlari sodir bo'ladi, organizm holdan toyadi. Gipoksiyaning dastlabki bosqichlarida organizm o'zini kislorod bilan ta'minlash uchun hamma kompensator holatini ishga soladi, natijada organizm holdan toyib, qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Nafas yetishmovchiligida giperkapniya va gipokapniya holatlari yoki sindromlari paydo bo'lib, ular ham gipoksiya klinikalarini beradi va asidoz holatlar sodir bo'ladi. Giperkapniya organizmda CO2 miqdorining ko'payib ketishi, gipokapniya esa uning aksi bo'lib, giperventilatsiya natijasida sodir bo'ladi. Gipoksemiyada esa oksigemoglobin arteriya qonida kamayib ketadi, uning miqdori 90—95 % dan kam bo'ldi. Gipoksemiyani bilish uchun bemorga 20—30 daqiqa davomida kislorod berish kerak. Shunda ham gipoksiya belgilari ketmasa , mikrosirkulatsiya yaxshilanmasa, o'pkada kichik qon tomirlar berkilishi yoki qonda gipoksemiya bor deb fikr yuritiladi.

Organizm og'ir holatga tushmasdan yoki qaytmas jarayonlar sodir bo'lmasdan gipoksiya sabablarini aniqlab, davolashni boshlash kerak. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda og'riqsizlantirishning ahamiyati katta. Og'riqsizlantirishni shifokor ko'rsatmasiga bog'liq holda amalga oshiriladi. Oksigenoterapiyani amalga oshirish uchun nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash va gipoksiyani davolash zarur.

Nafas mexanikasini yaxshilash uchun qovurg'alararo blokadalar va gosimpatik blokadalar, bemorni tinchlantirish, pnevmotoraks, gemotoraksni yo'qotish kabi usullar qo'llaniladi.

O'tkir nafas yetishmovchiligida ichaklar parezi tufayli diafragmaning ko'tarilishi, natijada o'pkani qisib qo'yishi yoki o'pka ventilatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Buni davolash yoki oldini olish uchun ichaklar pareziga qarshi kurashish kerak. Nafas yetishmovchiligiga qarshi kurashda konikotomiya, traxeostomiya va intubatsiya amallarini bajarish zarur. Konikotomiya muolajasi juda tez bajarilishi kerak, keyin ko'rsatmalar asosida traxeostomiya yoki intubatsiya qilinadi..

Imkoni bo'lsa 2—3 kun intubatsiya qilish ham o'tkir nafas yetishmovchiligi belgilarini bartaraf qilishi mumkin. Ammo og'ir holatlar to'rt-besh kunga cho'zilsa, albatta traxeostomiya qilingani ma'qul.

Traxeostomiya uchun ko'rsatmalar: yuqori nafas yo'llarining og'ir shikastlarida, operatsiya o'tkazilganda uzoq vaqt davomida sun'iy nafas berishga to'g'ri kelgan holatlarda; yutinish, yo'talish aktlari yo'qolib Mendelson sindromiga xavf tug'ilsa; nafas boylamlari falajida; ko'p miqdorda so'lak va balg'amlar ajralib, nafas yo'llarini berkitib qo'yish xavfi bo'lganda.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin