III bob
O'TKIR NAFAS YETISHMOVCHILIGIDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH
3.1. Gipoksiya
O'tkir nafas yetishmovchiligi har qanday terminal holatda uchraydigan sindromdir.
O'tkir nafas yetishmovchiligini mualliflar turlicha talqin qiladilar. O'tkir nafas yetishmovchiligi natijasida sodir bo'ladigan holat gipoksiya deyiladi. Gipoksiyada organizmga kislorod yetishmasdan karbonat angidrid ko'payib ketadi. Gipoksiya bemorni oldin terminal holatga, keyinchalik esa o'limga olib keladigan holatdir. Kislorod zahirasi organizmni 5—6 daqiqagacha ta'minlay oladi. Bolalarda undan ham kam. O'pkada havo almashinuvi kislorod va karbonat angidrid gazining porsial bosimi hisobidan sodir bo'ladi.
Birlamchi va ikkilamchi o'tkir nafas yetishmovchiligi bo'ladi. Birlamchi o'tkir nafas yetishmovchiligi nafas yo'llarining o'tkir jarohati yoki o'tkir kasalliklari bilan bog'liq. Tkkilamchi nafas yetishmovchiligi esa nafas yo'llari kasalliklariga bog'liq bo'lmasdan, boshqa sabablar natijasida kelib chiqadi. Bulardan tashqari, surun-kali nafas yetishmovchiligi ham mavjud. U nafas yo'llari va yurak kasalliklarining surunkali kasalliklarida, surunkali zaharlanishlarda kuzatiladi.
Gipoksiyaning quyidagi turlari mavjud: gipoksik yoki nafas gipoksiyasi, bu gipoksiya nafas yo'llari kasalliklarida, narkozning chuqur bosqichlarida, (maskalar yordamida nafas berilsa), nafas yo'llari jarohatlarida, ularning o'tkazuvchanligi buzilganda, nafas markazlari jarohatlanganda uchraydi. Bu gipoksiyada kislorod o'pkagacha yetib borolmaydi.
Sirkulator gipoksiya — qon aylanishining buzilishi, qon bosimining tushib ketishi bilan bog'liq bo'lib, kislorod to'qimalarga borib yetmaydi.
Gemik yoki anemik gipoksiya. Bu gipoksiyaning kelib chiqishida gemoglobin miqdori muhim rol egallaydi. Qonda gemoglobin miqdori 7 ml % dan kam bo'lgan kishilarda bu gipoksiya uchrab turadi.
To'qimalarg ipoksiyasida to'qimalarning kislorodni qabul qilib olish xususiyati yo'qoladi. O'tkir zaharlanishda modda almashinuvining buzilishi oqibatidagipertermiyalarda uchraydi. Kelib chiqish sabablariga ko'ragipoksiyalar operatsiyadan keyin, og'riqdan keyin sodir bo'ladi, chunki og'riq bo'lganda bemor chuqur nafas ololmaydi, bu o'z navbatida o'pka hajmining kamayishiga olib keladi, ya'ni o'pka ekskursiyasi chegaralanadi.
Ko'krak qafasi jarohatlari, qovurg'alarning sinishi, o'pkaning yorilishi, pnevmotorakslar (ichaklarning ishlamasligi tufayli qorinning shishishi) natijasida o'pkaning qisilib qolishi, 9, 10, 11- juft kalla-miya nervlarining kasalliklari, nafas mexanikasi va nafas yo'llari o'tkazuvchanligining buzilishi, o'pka yallig'lanishlari, atelektazlar—o'pka ma'lum bir qismining nafas olishda qatnashmasdan bujmayib qolishi ham o'tkir nafas yetishmovchiligiga olib keladi. Atelektazlar obturatsion nafas yo'llari va bronxlarning berkilib qolishi, kompression ko'krak qafasining tashqi kuch ta'siridan ezilishi yoki bosilishidan yuzaga keladi.
O'pka shoki, o'pkada qon aylanishining buzilishi bu holatning asosiy negizi hisoblanadi. O'pka shoki og'ir jarohatlar, zaharlanishda, ko'p qon yo'qotish va qon quyishlarda, septik holatlarda uchraydi. O'pka shoki o'pka shishishi klinikasini eslatadi. Oldin o'pkada suv to'planib, keyinchalik o'pka kapillarlari va bronxlari-ning ichki qavati shikastlanadi, alveolalar fibrinlar bilan to'lib qoladi. O'pkada qon aylanishi buziladi, dimlanish hosil bo'lib, og'ir gipoksiya sodir bo'ladi.
Umuman gipoksiya sodir bo'lishida ventilatsiya, perfuziya va diffuziya kabi buzilishlar yoki o'pkaning yuqorida qayd etilgan funksiyalarining buzilishi muhim o'rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |