3.3. Sun'iy nafas berishda yuzaga keladigan asoratlar
S un'iy nafas berishda quyidagi asoratlar yuzaga keladi: o'pka yallig'lanishi, atelektazlar, pnevmotoroks, shilliq qavatlarning qurib qolishi, surfaktant miqdorining kamayishi, aritmiya, miyada qon aylanishining buzilishi va h.k. Sun'iy nafas berganda meta-bolik asidoz yuzaga keladi. Bu holatni sodali suyuqliklar va reopoliglyukin, geparin va vitaminlar bilan yo'qotish mumkin. Sun'iy nafas berish ko'rsatkichlari maxsus kartaga yozib boriladi. Sun'iy nafas berishda hamshira doim bemor yonida turishi kerak.
6-rasm. Sun'iy nafas berish bilan birga yurakni yopiq usulda uqalash.
Sun'iy nafas berish ko'rsatkichlariga bemor ko'krak qafasining tuzilishiga, o'pkasining hajmiga, kasallik turiga qarab baho beriladi. Bemorga nafas yetishmaganda maskalar, intubatsion trubkalar orqali yoki Ambu apparati vositasida yordamchi sun'iy nafas berish ham mumkin. Bemor o'zi mustaqil nafas olsa, gipoksiyabelgilari yo'qolib, hushiga kelsa, nafas mushaklari nafas olish jarayonida faol qatnashsa, qon bosimi turg'un bo'lsa, mikrosirkulatsiya yaxshilansa, siydik ajralish me'yoriga kelsa, sun'iy nafas berishni to'xtatish mumkin. Sun'iy nafas berishga muhtoj bemorlar ahvoli og'ir bemorlar hisoblanadi. Ularning parvarishiga alohida e'tibor berish kerak (6-rasm).
Dostları ilə paylaş: |