3.4. Tebranma massaj
Bu davolash usuli foydali bo'lishiga qaramasdan ayrim xodimlar tomonidan kam qo'llaniladi. Uni har 30—40 daqiqada takrorlash kerak. Tebratma (vibratsion) massaj qilish uchun bemorning ko'krak qafasiga, qovurg'alari ustiga qo'l kafti yoki yonboshi bilan yengil tez-tez uriladi, ko'krak qafasi ma'lum kuch bilan bosiladi, bemor turli tomonlarga aylantiriladi va yo'tal qo'zg'atiladi, posdural holat beriladi yoki elektrso'rg'ich bilan balg'am tortib olinadi. Tebratma massaj balg'amni bronxlar devoriga yopishib qolishdan saqlaydi, uni suyultiradi, gazlarning o'pkada bir tekis tarqalishini ta'minlaydi, havo almashinishi — perfuzion munosabatni o'pkada yaxshilaydi. Posdural drenaj va tebratma massaj shifokor ko'rsatmasi bilan qo'llaniladi. Aks holda ayrim asoratlar (broxospazm, qon ketish, pnevmotoraks) kelib chiqishi mumkin.
O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda oksigenotera-piyaning ahamiyati katta. Oksigenoterapiya uchun turli xil aralash-malardan tozalangan va maxsus laboratoriya nazoratidan o'tgan tibbiyotda ishlatiladigan toza kislorod qo'llaniladi. Kislorodni organizmga turli yo'llar bilan yetkazish mumkin. Oksigenoterapiya o'tkazishda Bobrov apparati keng qo'llaniladi.
Bobrov apparati 1—2 litr hajmdagi shisha idish bo'lib, og'zi tiqin bilan berkitilgan. Shisha idish ichiga Г-simon shisha naychalar o'rnatilgan, naychalarning biri uzun bo'lib, deyarli shisha idish tubigacha boradi, ikkinchisi shisha idishning 1/3 qismigacha kiritilgan, ikkala shisha naycha ham tiqin orqali tashqariga chiqarilgan.
Oksigenoterapiya o'tkazish uchun apparat sterillangan suv bilan yarmigacha to'ldiriladi, suv iliq bo'lishi kerak. Kislorod ballonidan yoki maxsus jo'mrak orqali keladigan kislorod oqimi apparatdan chiqarilgan Г-simon naychaning uchiga keladi. Apparat ichida kislorod pufakchalari paydo bo'lib, suv qaynaganday tovush chiqaradi. Kislorod apparat ichida namlanib isiydi, kalta Г-simon naycha vositasida maxsus katetrlar orqali bemor burniga yoki intubatsion naychaga ulanadi. Kislorodni ko'paytirib yoki kamaytirib berish bemor ahvoliga bog'liq. Bobrov apparatini aerozol terapiyada qo'llasa ham bo'ladi. Buning uchun shisha idish ichiga turli xil antibiotiklar, gormonlar yoki fermentlar solib muolajalar o'tkaziladi.
Bobrov apparati bilan kislorod berganda organizm kislorod * bilan 65—70 % ta'minlanadi. Oksigenoterapiyada amalda dastaki apparat — Ambu qopchasi keng qo'llaniladi. Bu qopcha ishlatish uchun qulay, hatto kislorod bo'lmaganda ham bemor atmosfera havosi bilan yaxshi ta'minlanadi. Bunda uni bemorga to'g'ri qo'yib, nafas berish rejimiga rioya qilish kerak. Ambuning afzalligi shundan iboratki, unda nafas chiqarish klapani bor va manbadan kislorod olish uchun maxsus teshik ham mo'ljallangan. Bu qopcha bilan bemorga uzoq vaqt davomida sun'iy nafas berish mumkin, shuningdek, uni bir kishi boshqaradi. Niqobi plastmassadan, sterilizatsiya qilish qulay. Ambu qopchasi tez yordam mashinalarida bemorlarni tashish paytida foydalanishga juda qulay.
Reanimatologning asosiy vazifalaridan biri organizmda qaytmas holatlar sodir bo'lmasdan, gipoksiyasabablarini aniqlab, uni davolashga kirishishdan iborat. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda oksigenoterapiyaning ahamiyati katta.
Kislorod berish yo'li bilan davolashda dastlab nafas yo'llari o'tkazuvchanligini ta'minlash kerak. Oksigenoterapiya yoki antigipoksik terapiya, ingalatsiya va dorilar yordamida shoshi-linch terapiya amalda keng qo'llaniladi. Kislorod bilan davolash foydali bo'lishi bilan birga uning zararli tomoni ham bor. Kislorod organizmdagi azotni yuvib chiqaradi (denitrogenatsiya), boshqacha qilib aytganda molekular kislorod organizmga zaharli ta'sir qiladi. Denitrogenatsiya natijasida shilliq qavatlar shishadi, o'pkada atelektazlar, alveolalarda yallig'lanish kelib chiqadi, surfaktant kamayib ketadi. Kislorodning organizmda ko'payib ketishi yoki giperoksiya natijasida karbonat angidrid to'qimalarda ushlanib qoladi, erkin radikallar ko'payib, to'qimalarda metabolizmjarayoni buziladi. Bu holat bosh miya va o'pka faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Natijada bemor koma holatiga tushib qolishi ham mumkin. Agar o'pkada shuntlar ko'paygan bo'lsa, 100 % li kislorodli terapiya ham yordam bermaydi. Bunday holatlarda ventilatsiya hajmini, o'pkada qon aylanishi va gemoglobinni ko'paytirish choralarini ko'rish kerak. O'tkir nafas yetishmovchiligida yoki unga qarshi kurashish uchun bemorlarni intubatsiya qilish yo'li bilan davolash muhimligini olimlar isbotlaganlar. Intubatsiya qilishdan maqsad nafas yo'llarini sanatsiya qilish, dorilarni o'pka ichiga yuborishdir.
Intubatsiya o 'tkazishda turli xil hajmdagi intubatsiya naychalari, o'tkazgichlar, karsang, salfetka va shariklar, laringoskop, Makentosh ilmog'i bilan shpris, og'iz bo'shlig'ini tamponlash uchun bint, naychani mahkamlash uchun moslama va boshqa zarur narsalar oldindan tayyorlab qo'yiladi.
Bemor chalqanchasiga yotqizilib, yaxshi uxlatilgandan va kislorod yetarlicha berilgandan so'ng chap qo'l bilan laringoskop yordamida til chap tomonga olinadi, hiqildoqusti tog'ayi ko'tarilib, ovoz boylamlari va boylamlar orasidagi yoriqlar ko'riladi. Boylamlar orasidagi yoriqqa intubatsiya nayi yuboriladi. Intubatsiya nayini shunday qo'yish kerakki, ikkala bronxga yoki o'pkaga boradigan havo teng miqdorda bo'lsin. Buni bilish uchun o'pka-larning har joyidan nafas eshitilib, intubatsiya nayi mustah-kamlanadi. Ko'pchilik holatlarda intubatsiya nayi o'ng bronxga ketib qoladi. Chunku uning anatomik tuzilishi, ya'ni o'ng bronx traxeyadan 65°, chap bronx esa 45° burchak ostida ajraladi. Intubatsion trubka bronxlaming ajralish joyiga yoki bifurkatsiyaga qo'yilsa, havo ikkala o'pkaga ham teng miqdorda ketadi.
Intubatsiya asoratlari. Intubatsiyani texnik jihatdan ehtiyot bo'lib berish kerak. Shoshma-shosharlik bilan bajarilganda lablar, til, shilliq qavatlar jarohatlanishi mumkin. Boshni orqaga qayirganda ehtiyot bo'lish shart, bo'yin umurtqalari va orqa miyaga shikast yetishi ham mumkin. Eng ko'p uchraydigan asoratlardan biri nayning oshqozonga o'tib ketishidir. Ko'p harakat qilinsa yoki nay to'g'ri tanlanmasa tovush boylamlari jarohatlanib tovush chiqmay qolishi mumkin. Bulardan tashqari, nay bronxlaming devorlariga uch qismi bilan yopishib qolib, uning o'tkazuvchan-ligiga xalaqit qilishi mumkin. Intubatsiya nayi qaytib chiqishi yoki yaxshi mustahkamlangan bo'lmasa, bronxdan chiqib ketishi mumkin. Intubatsiya paytida tishlarning sinishi tez-tez uchrab turadigan holat. Bunday paytda intubatsiya vaqtincha to'xtatiladi.
Eng xavfli asoratlardan biri regurgutatsiya. Bu asorat intubatsiya paytida ham, undan keyin ham sodir bo'lib, traxeya va bronxlaming oshqozondagi massa va oshqozon shirasi bilan berkilib qolishi natijasida bronxospazm, laringospazm, bronxlardan sekretning ko'p ajralishi, o'pka alveolalarida shishning paydo bo'lishi, atelektaz va zotiljamlarning sodir bo'lishiga olib keladi va Mendelson sin-dromi nomi bilan yuritiladi. Bu sindromning kelib chiqishida oshqozonning to'laligi, kirish narkozida kislorod bilan to'yintirish maqsadida oshqozonga havo yuborish, ya'ni oshqozondagi bosimni yana oshirish, kuchli miorelaksantlarni qo'llash, oshqozon kardial qismi sfinkterining bo'shashi, ovoz boylamlarining ochilishi va intubatsiya qilish jarayonining cho'zilib ketishi, yutkich bo'shlig'ini yaxshi tamponlamaslik (berkilmashgi) va boshqa sabablar * Mendelson sindromiga sabab bo'ladi. Bu sindrom behush yotgan bemorlarda 100 %ni tashkil qiladi. Bu sindromdan kelib chiqadigan o'lim 76 % ga yetadi. O'limga sabab nafas yo'llarining aspiratsiyasi (berkilib qolishi) hisoblanadi.
Mendelson sindromini davolashda birinchi navbatda qilinadigan ishlar nafas yo'llaridan qusuq mahsulotlarini olib tashlash, bronxospazm va zotiljamning oldini olish, o'pkada nafas olish jarayonini ta'minlash, umumiy qon aylanish hajmini tartibga solishdan iborat. Elektrso'rg'ichni qo'llash, bronxlarni fiziologik suyuqlik bilan yuvish, antibiotiklar va spazmolitiklar qo'llash hamda infuzion terapiya, kerak bo'lganda sun'iy nafas berish va respirator usullari yaxshi yordam beradi. Aspiratsion sindrom va uning asoratlari bilan kurashishdan ko'ra uning oldini olish osonroqdir.
Bu maqsadda bemor intubatsiyaga tayyorlanadi, bunda oshqozon bo'sh bo'lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |