Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi.
Kalkulyatsiya usulini qo'llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish turi va murakkabligi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri.
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi.
Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlami mah- sulotning ayrim turlari bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.
, Oddiy usul,oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarida qo'llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning o'rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bo'limli usul- metallurgiya, to'qimachilik, yengil sanoat, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qo'llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish bo'limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, to'qimachilik sanoati, ip yigiruv, to'quv va bo'yash bo'limlaridan tashkil topgan. Bo'limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo'limda aniqlanadi. Bo'limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bo'limli bosqichi bo'yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari bo'yicha yuritiladi.
Buyurtmali usulningmohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bo'yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi bo'yicha alohida hisob qilinadi. Kalkulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi.
Normativ usuli- asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog'i bo‘lgan mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash kor- xonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ulami zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, mcxldiy boyliklami ishlab chiqarishga sarflash bo‘yicha dastlabki hujjatlami to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ tannarxga me’yordan chetga chiqish va me’yordagi o'zgarishni qo'shish yoki ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.