O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov


TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA fflSOBGA OLISH



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə42/98
tarix26.09.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#148914
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
BUXG KITOBLARI

TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA fflSOBGA OLISH

Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo'lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir.
Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilaming harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlami tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim.
Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlaming haqiqiy soni, miqdori koTsatilibgina qolmay, balki ulaming tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qoTlaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o'zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlami aniqlash uchun ulami har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlami qo'shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlami to‘g‘ri aniqlash va ulami baholash muhim ahamiyatga ega.
Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini aniqlash uchun xara- jatlaming quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi:



Demak, ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko'pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik siklli ayrim sanoat tarmoqlarida (to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo'shiladi.


Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugal­lanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi.

  1. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA

KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI
MAHSULOT TANNARXIGA 0‘TKAZISH TARTIBI
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklaming buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklami to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo'shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tan­narxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi» tarkibida tannarxga qo'shiladi.
Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

  1. Tuzatilishi mumkin bo'lgan mahsulot.

  2. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot.

Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo'limining xodimlari bunday mahsulotlami akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag' va boshqa ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko'rsatiladi.
Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo'yicha asosiy ishlab chiqarish schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo'yicha joyida dalolatnoma tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610- schyoti bo'yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo'yicha, mahsulot turlari bo'yicha, xarajatlar moddalari bo'yicha, yaroqsiz mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo'yicha yuritiladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish» schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.

t/r

Muomalalar mazmuni

Schyotlar aloqasi







D

К

1

Yaroqsiz mahsulotni tuzatish bo'yicha quyidagi xarajatlar qilindi










a) materiallar sarflandi

2610

1010










1050










1090




b) mehnat haqi hisoblandi

2610

6710




c) ijtimoiy sug'urta va ta’minotga ajratmalar

2610

6520







2

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan, tuzatib bo'lmaydigan yaroqsiz mahsulotdan ko'rilgan yo'qotishlar hisobdan chiqarildi

2610

2010
2310

3

Yaroqsiz mahsulotni hisobdan chiqarishda (foydala-










nish mumkin bo‘lgan bahoda) moddiy boyliklar qilindi

1010

2610

4

Yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqargan aybdor shaxsning










mehnat haqidan ushlab qolindi

6710

2610

5

Yaroqsiz mahsulotdan ko'rilgan yo'qotishlar mahsulot

2010







va ish xizmatlar tannarxiga kiritildi, qaytarilgan yaroqsiz

2310

2610




mahsulot tannarxning hisobidan chiqarildi

2510




6

O'tgan yillardagi yaroqsiz mahsulotdan ko'rilgan










yo'qotishlaming zarar tufayli hisobdan chiqarilishi

9430

2610




2610-schyotining analitik hisobi 14-vedomostda yuritiladi va 10- jumal orderga kredit jarayonlari o‘tkaziladi.



  1. KELGUSI DAVR XARAJATLARI fflSOBI

Kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • gazeta va jumallarga yillik obuna xarajatlari;

  • mulklami yillik sug'urta qilish xarajatlari;

  • kelgusi davrlar uchun oldindan to'langan ijara haqi summalari va boshqa shu turdagi xarajatlar.

Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
3110-«Oldindan to'langan ijara haqi».
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi».
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, ulaming debetida hisobot davrida qilingan va mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo'shiladigan xarajatlar aks ettiriladi. Schyotlaming kreditida esa ushbu xarajatlaming hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davrlariga tegishli to'langan ijara haqlari hisobga olinadi.
3120-«Oldindan toiangan xizmat haqi» schyotida hisobot davrida kelgusi hisobot davriga taalluqli bo‘lgan to'langan xizmat haqlari hisobga olinadi.
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari» schyotida yuqoridagi schyotlarda hisobga olinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari liisobga olinadi.

  1. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA

MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH
USULLARI


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin