Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalami tashishga mo‘ljaIlangan harakat vositalari (temiryo‘1, suv, avtomobil, kommunal transport va muhim nefit quvur yo‘llari)dir.
Asbob va uskunalar qo‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlarjdir.
Ishlab chiqarish inventarlariishlab chiqarish jarayonini yengil- lashtirishda ishlatiladi. Ulaming tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xo‘jalik inventari idora (oils) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo'lgan mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigirjlar bo‘lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlaralohida xiyobon, park, bog'dagi miqdori va yoshidan qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA HISOB VAZIFALARI
Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilmaydigan obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan kor- xonaning o‘ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo'ladi.
Asosiy vositalami hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ulami baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to‘rt xil baholanadi: (5-BHMA 11-14-bandlari).
Dastlabki qiymati.
Tiklash qiymati.
Qoldiq qiymati.
Tugatish qiymati.
Obyektlaming dastlabki qiymati - bu asosiy vositalami qurish yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Bunga to'langan soliqlar, to'lovlar, keltirish va montaj qilish, o'matish, foyda- lanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi.