O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta mukofotlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə40/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta mukofotlari
tushumlari bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Majburiy sug‘urtani amalga oshirishda yetakchi o‘rin «O‘zagro-
sug‘urta» DASK hisobiga, mos ravishda, 68,8; 64,2; 69,1; 49,8
foiz ulushlarda to‘g‘ri kelgan. Bunga uning zimmasiga majburiy
sug‘urtani amalga oshirish yuklatilganligi sababdir. Sug‘urtaning
Yirik sug‘urta
kompaniyalarida
sug‘urta mukofotlari
tushumi va sug‘urta
to‘lovlarini to‘lash
ko‘rsatkichlari tahlili


7 7
bu shaklini amalga oshirishda «O‘zbekinvest» EIMSK 1999—


2002-yillar bo‘yicha, mos ravishda, 9,2; 16,6; 13,9; 27,1; «Kafolat»
DASK 21,0; 16,5; 12,9; 16,9 yoki bu ikki sug‘urta tashkilotiga
keltirilgan yillarda 30,2; 33,1; 26,8; 44,0 foiz ulushlar to‘g‘ri
kelgan.
Tahlil davomida, majburiy sug‘urtani amalga oshirishda
«Madad» SA ham o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib borayotganligi
kuzatildi. Uning bu shakl bo‘yicha sug‘urta mukofotlaridagi ulushi
keltirilgan yillarda mos ravishda 0,9; 2,7; 3,1; 6,3 foizlarga teng
ekanligi shundan dalolat beradi.
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli bo‘yicha 4 ta asosiy sug‘urta
tashkilotlari turlicha ko‘rsatkichlarga ega ekanliklari tadqiqot
davomida aniqlandi. Ta’kidlash lozimki, 1999—2002-yillarda
ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha mukofot tushumi ko‘rsatkichlarida
«O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga eng ko‘p ulush, ya’ni mos
ravishda, 46,1; 39,0; 43,0; 43,7 foiz to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, «Kafolat»
DASK tomonidan ham ma’lum sa’y-harakatlar amalga
oshirilganligi natijasida, mos ravishda, 28,4; 27,5; 24,2; 17,0 foiz
ulushidagi mukofotlar jamlanishiga erishilgan.
Boshqa sug‘urta tashkilotlari ham mukofot jamlanishida
sezilarli ulush ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganliklarini qayd etish
lozim. Ular tomonidan 1999-yilda ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
bo‘yicha jami mukofot tushumlarining 22,0 foizi jamlangan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2000—2002-yillarda, mos ravishda, 29,3; 20,7; 29,2
foizga teng bo‘lgan. Keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta o‘zida katta
imkoniyatlarni mujassam etgan.
Mamlakatimizda keyingi yillarda turli iqtisodiyot
subyektlarining mol-mulklari tarkibi son jihatdan ortib bormoqda.
Shu bois, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasini amalga oshirishga
bo‘lgan talab ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, ixtiyoriy
mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha jamlangan sug‘urta mukofotlari
tushumlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999—2002-yillarda
jami undirilgan mukofotlar summasidagi ulush nisbati tadqiqot
obyektlari bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlari hisobiga, mos ra-
vishda, 93,0; 87,6; 96,0; 82,8 foizni tashkil etgan. Shuni qayd
etish mumkinki, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha 1999—
2002-yillardagi mukofotlar tushumida eng ko‘p ulush, mos
ravishda, 47,2; 55,0; 76,9; 65,2 foiz darajasida «O‘zbekinvest»


7 8
EIMSK tomonidan jamlangan. Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi mu-


kofotlari tushumida «O‘zagrosug‘urta» DASK ham sezilarli o‘ringa
ega bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan keltirilgan yillarda ixtiyoriy
javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha ham mukofot tushumlari ortib
borayotganligi kuzatildi. Xususan, bu borada eng ko‘p mukofot
undiriluvi «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga, ya’ni keltirilgan
yillarda, mos ravishda, 6,2; 17,4; 41,2; 41,4 foiz ulushlarda
bo‘lganligi aniqlandi. Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha
boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan (tadqiqot obyektlari
bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) hisobiga keltirilgan
yillarga, mos ravishda, 27,9; 49,2; 42,6; 25,8 foiz sug‘urta
mukofotlari jamlanishiga erishilgan.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot subyektlarining
risklardan ishonchli himoyasini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan, mamlakat sug‘urta tashkilotlarining
qoplama to‘lovlari darajasi (2-jadval), albatta, potensial
mijozlarning sug‘urtaga bo‘lgan talabi ortishi yoki aksincha,
pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
1999—2002-yillarda mamlakat sug‘urta tashkilotlari tomoni-
dan amalga oshirilgan qoplama to‘lovlari ortib borganligini qayd
etish mumkin. Xususan, majburiy sug‘urta bo‘yicha yuz bergan
sug‘urta hodisasi oqibatida subyektlarning ko‘rgan zararlarini
qoplash uchun to‘langan jami qoplama summasidagi eng katta
ulush «O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga to‘g‘ri kelgan va
keltirilgan 4 yil bo‘yicha u o‘rtacha 90,4 foizdan yuqori darajada
bo‘lgan.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa sug‘urta
tashkilotlari (tadqiqot obyektlari bo‘lgan 4 ta sug‘urta
tashkilotlaridan tashqari) tomonidan keltirilgan yillarda majburiy
sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lanmagan.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining 1999—2002-yillarda
ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha jami qoplama to‘lovlari summasida
ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta va ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha
yetakchi o‘rin, mos ravishda, 60,5; 50,8; 57,3; 58,5 hamda 81,8;
78,3; 91,7; 83,9 foizlarda «O‘zagrosug‘urta» DASK tomonidan
amalga oshirilgan. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha «Kafolat»
DASK ham keltirilgan yillarda 26,3; 15,0; 19,3; 12,7, shuningdek,
boshqa sug‘urta tashkilotlari (4 ta nomlari keltirilganlaridan


7 9
tashqari) ham 12,2; 29,5; 17,2; 12,9 foiz ulushlarda qoplama


to‘lovlarini amalga oshirganligi e’tiborga molikdir.
2-jadval

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin