sug‘urtaning rivojlanishi Xalqaro sug‘urta bozorida Amerika Qo‘shma Shtatlarining tutgan o‘rni. Amerika Qo‘shma Shtatlarida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yirik sug‘urta kompaniyalariga umumiy tavsifnoma. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning
moliya-kredit tizimida sug‘urta kompaniya-
lari eng muhim bo‘g‘inlardan biri
hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,
2004-yilda jahon miqyosida sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ib
olingan jami sug‘urta mukofotlari miqdori, taxminan, 3,2 trl dollardan
oshib ketdi. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarishning
gurkirab rivojlanishi, barqaror iqtisodiy o‘sish, pirovardida bu
mamlakatlarda oddiy aholi turmush darajasining farovonligi sug‘urta
ishining taraqqiy etishi uchun zamin yaratdi. Buni biz birgina bugungi
kunda jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‘lgan
Amerika Qo‘shma Shtatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
2004-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida hosil qilingan yalpi ichki mahsulotning 9,4 foizini
sug‘urta mukofotlari tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Fransiya,
Kanada, Italiya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning tegishli
ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir. Amerika diyorida
sug‘urta ishining nechog‘li rivojlanganligini nafaqat yuqorida qayd
etilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkich orqali, balki boshqa ko‘rsatkich
orqali ham bilib olishimiz mumkin. Jumladan, 2004-yilda yig‘ib
olingan sug‘urta mukofotlarini aholi jon boshiga taqsimlaganda,
bir AQSH fuqarosi o‘zini va o‘ziga qarashli mol-mulklarni
sug‘urtalashga bir yilda 3790,2 dollar sarflagan. Yuqorida
ko‘rsatilgan mablag‘ning 2072,1 dollari umumiy sug‘urta, 1718,1
dollari esa hayot sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi.
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida sug‘urta faoliyati
Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Germaniya kabi davlat-
larda jadal rivojlanib borishiga qaramasdan, Amerika sug‘urta
kompaniyalari jahonda o‘zining yetakchilik mavqeyini yo‘qotgan