O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə103/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Birgalikda sug‘urta qilish — bitta sug‘urta shartnomasi
doirasida riskning ikki yoki undan ortiq sug‘urta kompaniyalari
o‘rtasida taqsimlanishi. Ushbu shartnomada har bir
sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Birgalikda
sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchiga qo‘shma polis yoki har bir
sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan risk hissasiga muvofiq
alohida polis beriladi.
Brutto-stavka — sug‘urta qoplamasini (sug‘urta summasini)
to‘lashga mo‘ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini
qoplashga mo‘ljallangan netto-stavkaga yuklama summalarini o‘z
ichiga olgan sug‘urta mukofotlarining tarif stavkasini bildiradi.
Ko‘pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug‘urta tarifi ma’nosida ham
ishlatiladi.
Denonsatsiya — shartnomadan voz kechish. Agar sug‘urta
munosabatlarida tomonlardan biri yozma ravishda shartnoma-
dan voz kechishi to‘g‘risida ikkinchi tomonga ma’lum qilmasa,
shartnoma unda ko‘rsatilgan muddatgacha kuchda bo‘ladi.
Depozit — 1) sug‘urta kompaniyasining bank muassasasida
saqlanadigan pul mablag‘i yoki qimmatli qog‘ozlari. Bank, odatda,
sug‘urta kompaniyasiga o‘z pulini bankda saqlagani uchun foiz
to‘laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq, chet
mamlakat sug‘urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda
sug‘urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, dastlab u o‘sha
mamlakat bank muassasasiga tegishli pul mablag‘ini depozitga
qo‘yadi. Mazkur depozit, chet davlat sug‘urta kompaniyasining
boshqa mamlakat hududida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishi
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



1 9 9
Diversifikatsiya — yirik sug‘urta kompaniyalarining asosiy


faoliyatdan tashqari boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishi.
Masalan, sug‘urta vositachiligi, qimmatli qog‘ozlarning oldi-
sotdisi, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanish va hokazo.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin