O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə106/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Kombinatsiyali sug‘urta — bir necha sug‘urta turlari bo‘yicha
sug‘urta qoplamasi sharti.
Komissiya haqi — mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun
sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta broke-
ri, agent) to‘lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori
sug‘urtaning turiga va kelib tushgan badalning hajmiga bog‘liq
holda sug‘urta badaliga nisbatan foizlarda to‘lanadi.
Konosament — dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini
ifodalovchi hujjat. Konosament shartnoma mavjudligi faktini va
yuk tashuvchining yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Konosamentga imzo chekishi bilan yukni saqlash, uni tegishli



2 0 1
manzilga yetkazish mas’uliyati to‘laligicha yuk tashuvchi kema


zimmasiga o‘tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib
oluvchiga yuboriladi va ushbu hujjat unga tegishi bilan sotib oluv-
chi yukning huquqiy egasi hisoblanadi.
Kumulatsiya — bir qancha yirik sug‘urta summali obyektlar-
ning bitta sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rish ehtimolligini
nazarda tutuvchi sug‘urta risklarining yig‘indisi.
Keptiv sug‘urta kompaniyasi — ta’sischilarning manfaatlarini
sug‘urta himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar,
yirik sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug‘urta kompa-
niyasi. Raqobatdagi boshqa sug‘urta kompaniyalarini keptiv
sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lgan tarmoqqa kirishi murak-
kabroq hisoblanadi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan keptiv
sug‘urta kompaniyalariga — «ALSKOM», «Universal sug‘urta»
sug‘urta kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Lloyd — 1) Angliyadagi xalqaro sug‘urta bozori; Angliyadagi
sug‘urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734-yilda tashkil
etilgan. Hozirgi paytda «Lloyd»ga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning
faoliyati Angliya parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan
tartibga solinadi. «Lloyd» sug‘urtaning barcha turlarini amalga
oshiradi. «Lloyd» a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo‘lib, sindikat
faoliyati uchun anderrayterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan
sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta vositachilari birlashtiradi. Sug‘urta
vositachilari «Lloyd» bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha javob berish uchun yirik miqdordagi
pul mablag‘larini korporatsiyaga depozit sifatida qo‘yadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin