O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə102/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Anderrayter siyosati— sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi taklif-
larni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish
to‘g‘risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.
Anderayting — 1) sug‘urtalash maqsadida riskni baholash;
2) sug‘urta shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish;
3) sug‘urta.
Annuitet — 1) renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma
turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi
sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar
davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘laydi. Keyin
sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning
yillik daromadi sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk Britaniyada,
Fransiyada va AQSHda keng rivojlangan.
Audit — sug‘urta kompaniyasining moliyaviy hisoboti
to‘g‘riligini yozma ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini
maxsus malakaga ega bo‘lgan auditorlar amalga oshiradi.
Auditorlik firmasi bilan sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida shartnoma
tuziladi. O‘zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya
vazirligining litsenziyasiga ega bo‘lgan shaxslar amalga oshirishi
mumkin. Sug‘urta kompaniyasining balansi auditorlar tomonidan
tekshirilgandan so‘ng matbuotda e’lon qilinadi.
Bonus — sug‘urta kompaniyasi o‘zi uchun qulay shartlarda
sug‘urta shartnomasini tuzganligi uchun sug‘urtalanuvchiga, u
to‘laydigan sug‘urta mukofoti miqdoridan chegirmalar belgilaydi.



1 9 8
Brutto-mukofot — sug‘urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish


xarajatlarini hisobga olgan holdagi sug‘urta mukofotlari summasi.
Bosh polis— sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rta-
sidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida
sug‘urtalanuvchi barcha obyektlarni sug‘urta kompaniyasiga
sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim «ochiq polis»
yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida
sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk
haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni
jo‘natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim
etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin