O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə100/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Avariya sertifikati — mol-mulk sug‘urta hodisasi tufayli
zararlanganda, ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini
tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster)
tomonidan tuziladi va tegishli komissiya haqi hisobiga sug‘urta-
lanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug‘urtalanuvchining
sug‘urta qoplamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova etiladi va
qoplamani to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat
qiladi.



1 9 6
Addendum — ilgari tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash


shartnomasiga tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan qo‘shimcha-
lar kiritish.
Adjaster — sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan
sug‘urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda
sug‘urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy
yoki huquqiy shaxs. U sug‘urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan
sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster
sug‘urta hodisasi ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi.
Ushbu tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert
xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi.
Adjaster vazifasini sug‘urta kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki
ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
Aktuariy — lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan
ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib
olgan sug‘urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta
tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq
muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zaxiralarini
shakllantirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan
shug‘ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti
faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin