O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə99/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. AQSH sug‘urta tizimining jahon sug‘urta bozorida o‘rni qanday? AQSHda
sug‘urta tizimining rivojlanish dinamikasini ko‘rsatuvchi asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar?
2. AQSHda nechta sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatadi va unda
ishlaydigan xodimlar soni qancha?
3. Amerikaning eng yirik sug‘urta kompaniyalariga qisqacha ta’rif bering.
4. AQSHda sug‘urta nazoratini tashkil etishning asosiy prinsiplari nimalardan
iborat?
5. Maxsus sug‘urta bo‘limlarining milliy uyushmasi bajaradigan asosiy
funksiyalar haqida tushuntirish bering.
6. Sug‘urta kompaniyalarini litsenziyalashning o‘ziga xos xususiyatlari.
7. Har bir shtatning qonun chiqaruvchilik vakolatlari va uning sug‘urta
faoliyatini yuritishdagi ta’siri.
8. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qo‘yiladi-
gan talablar nimalardan iborat?
9. O‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari va ular amalga oshiradigan sug‘urta
operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari.
10. AQSHda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda qanday muammolar
yuzaga kelmoqda?

1 9 5
ATAMALAR SHARHI


Abandon — to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchi-
ning foydasiga voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda,
u xabarsiz yo‘qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib
olinganda). Abandon to‘g‘risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y
bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet
mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir
tomonlama akti hisoblanadi. Faqat Angliya qonunchiligida abandon
uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
Avariya komissari — sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega
bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki
yuk bo‘yicha ko‘rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi,
hodisa ro‘y berganlik sabablarini o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi
avariya komissarini chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham
tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon
va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan
sug‘urta polisida ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi
ro‘y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur.
Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini
aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga asosan,
ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari
bajarilgan ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya
sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin