O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə101/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Aktuar hisob-kitoblar — sug‘urta tarifi stavkalarini
hisoblashning iqtisodiy-matematik usullari yig‘indisi. Ushbu hisob-
kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-
kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, demografiya
qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasining miqdori sug‘urta
hodisalari ro‘y berishining ehtimolligiga bog‘liq. Demografiya
ma’lumotlaridan fuqarolarning hayotini sug‘urtalashda sug‘urta-
lanuvchilarning yoshiga mos ravishda sug‘urta tarifi stavkasini ta-
baqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayotni sug‘urtalash
bo‘yicha sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxs vafot etganda
yoki u ma’lum bir yoshga yetganda to‘lanadi. Yetarli miqdordagi
sug‘urta fondini shakllantirish uchun, sug‘urtalovchi shartnoma
amalda bo‘lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum
bir yoshga yetishi ehtimolligini bilishi zarur. Aholi o‘limi darajasi
haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga yetishi
ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o‘limi to‘g‘risidagi



1 9 7
jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni


sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalarni hisoblash mumkin.
Anderrayter — 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega,
sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta
kompaniyasining sug‘urta portfelining shakllanishi uchun javob
beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va
sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega
bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd
sug‘urta korporatsiyasining a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta
polisini sotish bilan shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga
sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni
ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin