O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə109/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Retrotsessionariy — retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi
qayta sug‘urtalovchi kompaniya.
Retrotsessiya — 1) qayta sug‘urtalashga ilgari qabul qilib
olingan risklarni yana qayta sug‘urtalashga berish; 2) risklarni
uchlamchi joylashtirish.
Risk — 1) bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga
kelishi. Risk tushunchasi ko‘rinishlarining xilma-xilligi, uning
sodir bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi,
riskning ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq
tugatishning imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish
uchun asos yaratadi. Shunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy



2 0 4
munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk —


riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro aloqadorlik yig‘indisidir.
Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan.
Jumladan, risk — bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi
bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi
qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta obyekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri
bog‘langan. Obyektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi
yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk — bu yagona
tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki
irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalov-
chining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk bahosining
puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2) sug‘urta
obyekti: 3) sug‘urta javobgarligining turi.
Risk menejmenti — riskni kamaytirish yoki chegaralash
bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan
harakati. Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar
kiradi: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va
riskni moliyalashtirish.
Riskli holatlar — risk darajasiga ta’sir qiluvchi omillar.
Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan barcha riskli holatlar sug‘urta
kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu — riskni baholashda muhim
ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer yoki
adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug‘urta kompaniyasining
sug‘urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo‘yicha
qaror qabul qilishida hamda sug‘urta qoplamalari va summalarini
to‘lashda muhim o‘rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy;
to‘g‘ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: obyektiv va
subyektiv turlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin