O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə111/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta zaxiralari — sug‘urta summalarini to‘lashni kafolat-
lash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar
ma’lum bir vaqtda sug‘urta qoplamalarini to‘lash uchun joriy
sug‘urta mukofotlari yetmasa, sug‘urta kompaniyasi zaxira
fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug‘urta zaxiralariga quyidagilar
kiradi: hayotni sug‘urtalash bo‘yicha zaxira fondlari, ro‘y bergan,
ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zaxiralari va boshqalar.
Ushbu zaxira fondlarining mablag‘lari vaqtincha bo‘sh bo‘lgani
uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning
natijasida sug‘urta kompaniyasi qo‘shimcha daromad oladi.
Sug‘urta polisi— sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini
tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:
sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining
nomi, sug‘urta obyekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning



2 0 6
amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi


sug‘urta polisi sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
Sug‘urtada tarif siyosati — sug‘urta operatsiyalarining zararsiz
o‘tkazilishini va sug‘urtalanuvchilarning manfaati yo‘lida sug‘urta
tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish
bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan faoliyati.
Sug‘urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
1. Netto-mukofotlar va sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi
ekvivalentlik. Har bir sug‘urta turi bo‘yicha netto-stavka zararlarning
ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to‘g‘ri kelishi zarur.
2. Sug‘urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug‘urta tarifi
miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarining yuqori darajada
belgilanishi sug‘urta ishining rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladi.
3. Sug‘urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar
mobaynida tarif stavkalari o‘zgarmasa, bu holat sug‘urtalovchining
nufuzini oshiradi. Sug‘urta summalarining zararlilik ko‘rsatkichi
kamaysa, sug‘urtalanuvchilarning manfaati uchun sug‘urta tarifi
stavkasini o‘zgartirmasdan javobgarlik hajmini ko‘paytirish
maqsadga muvofiqdir.
4. Sug‘urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash.
Siyosiy risk — davlat organlarining xatti-harakati yoxud
uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo‘yicha chiqishi
natijasida vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush harakatlari,
siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o‘zgarishi, qonun
hujjatlaridagi o‘zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va
ish tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk
ro‘y bergan vaqtda sug‘urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod
bo‘ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus
sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalanishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin