O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə112/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta portfeli — sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan
sug‘urta mukofotlarining yig‘indisi. Sug‘urtalangan obyektlar soni,
sug‘urta shartnomalarining miqdori ham sug‘urta portfeli
tushunchasini anglatadi. Chet mamlakatlar sug‘urta amaliyotida
ushbu ibora ishlab topilgan sug‘urta mukofotining hajmi tushun-
chasiga to‘g‘ri keladi.
Sug‘urta dalolatnomasi — sug‘urta hodisasi ro‘y berganda
sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatno-
mada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari,
ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi.



2 0 7
Dalolatnomaga, zarur hollarda, sug‘urta hodisasi va mol-mulkning


zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga
qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi,
veterinariya xizmati va boshqalar) yozma xulosasi ilova etiladi.
Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini
adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
Sug‘urta mukofoti — sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta
summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining
miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan,
avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik
javobgarligi sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida
ko‘rsatiladi.
Sug‘urtaviy foyda — sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi
o‘rtasidagi farq. Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga
oshirish natijasida shakllanadi. Sug‘urtaviy foyda balans uslubi
asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta operatsiyalari
tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta
operatsiyalarining tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta
himoyasini ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan,
zaxira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda,
sug‘urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga yuklamada foyda ulushi
ham ko‘rsatiladi. Shakllanish manbayiga ko‘ra, haqiqatdagi
sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta
summasi zararlik ko‘rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda,
boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda,
investitsiyadan olingan foyda va sug‘urta tarifida belgilangan foyda.
Sug‘urta puli — sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda
bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi.
Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik obyektlarni sug‘urtalash
maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan
riskini pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta
mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari
hajmida sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z
zimmalariga oladi. Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, harbiy
risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli tashkil etilgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin