O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə119/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Qayta sug‘urtalovchi broker — ikkita sug‘urta kompaniyasi
o‘rtasidagi professional vositachi.
Qayta sug‘urtalovchi — sug‘urta brokeri yordamida qayta
sug‘urtalash uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki
yuridik shaxs. Qayta sug‘urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi
taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta



2 1 4
kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yirik qayta


sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati,
Shveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash
jamiyatlari kiradi.
Fakultativ qayta sug‘urtalash — proporsional qayta sug‘urtalash
shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir
berilayotgan risk bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir
risk bo‘yicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini
mustaqil ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham
sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
Fakultativ obligator shartnomasi — sedent qayta sug‘urtalov-
chi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi,
qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi
qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Franshiza — sug‘urta shartnomasi shartlarida ko‘zda tutiladi-
gan sug‘urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi.
Franshiza sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan
shartli va shartsiz franshizalarga bo‘linadi. Shartli franshizada
sug‘urtalovchi belgilangan franshiza summasidan oshmaydigan
zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar
ko‘rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa,
sug‘urta kompaniyasi zararni to‘liq qoplaydi. Shartsiz franshiza-
da ko‘rilgan zarar franshiza summasidan chegirilib qoplanadi.
Fraxt — dengiz yoki havo yo‘llari orqali yukni tashishda
to‘lanadigan haq. Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risida-
gi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishilgan narx asosida to‘lanadi.
Dengiz sug‘urtasida yuklarni tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt
qiluvchiga beriladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin