O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Yevropa ittifoqida sug‘urta turlarini turkumlash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə118/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Yevropa ittifoqida sug‘urta turlarini turkumlash
Syurveyer — sug‘urtaga tortiladigan mol-mulkni ko‘rikdan
o‘tkazuvchi sug‘urta kompaniyasining xodimi. Sug‘urta
kompaniyasi syurveyerning xulosasi asosida sug‘urta shartnoma-
sini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Chet el amaliyotida
yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat
muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi — sug‘urta riskining bahosi; sug‘urta summasi-
ga nisbatan foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi



2 1 3
(brutto-stavka) ikki qismdan iborat: netto-stavka va netto-stavkaga


yuklama. Netto-stavka sug‘urta kompaniyasining sug‘urta fondidan
qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto-stavkaga yuklama sug‘urta
kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya haqi va
boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha
tarif stavkasi mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkasidan keskin farq
qiladi. Hayot sug‘urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va
daromad normasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Ehtimollar nazariyasi — tasodifiy hodisalarning ehtimolligi
bo‘yicha o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa hodisalarning ehtimol-
ligini aniqlash bilan bog‘liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi
asosida tasodifiy hodisalarning ro‘y berish ehtimolligi katta yoki
kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisob-
kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Qayta sug‘urtalash — sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan
bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi
joylashtirish); sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini
yaratish va sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini
o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalarini
sug‘urta kompaniyalari bilan bir qatorda, asosan, ixtisoslashgan
qayta sug‘urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug‘ur-
talash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish)
ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, qayta sug‘urtalash
proporsional va noproporsional bo‘ladi. Proporsional qayta
sug‘urtalashda, qayta sug‘urtalovchining berilgan risk bo‘yicha
ulushi sedentning o‘z javobgarligiga qoladigan qismi aniq
bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi. Noproporsional qayta sug‘urtalashda
riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda
qayta sug‘urtalovchi sedentdan sug‘urta mukofotining bir qismini
oladi (proporsional qayta sug‘urtalashdagidek sug‘urta summasiga
muvofiq keladigan sug‘urta mukofotini emas).

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin