O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə117/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta hodisalari chastotasi — inshootlarning yonish dara-
jasini, transport vositalarining avariya bo‘lish darajasini, aholi
nogironligi darajasi va shunga o‘xshash darajalarni ifodalovchi
ko‘rsatkich. Sug‘urta hodisalari sonini sug‘urta qoplamalari
miqdoriga yoki sug‘urtalangan obyektlar miqdoriga nisbati sug‘urta
hodisalari chastotasini aniqlaydi.
Sug‘urtalovchilar uyushmasi — sug‘urta faoliyatini muvofiqlash-
tirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun
chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy
sug‘urta kompaniyalari va xorijiy sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida
o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etiladigan
sug‘urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlarining xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‘urtalovchi
kompaniyalar ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilar
uyushmasini misol keltirish mumkin. Hozirgi paytda O‘zbekistonda
sug‘urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, avtosug‘ur-
talovchilar ittifoqi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta qoplamasi limiti — sug‘urta kompaniyasining filiali,
bo‘limi, sho‘ba korxonasi tomonidan bitta sug‘urta hodisasi
bo‘yicha mustaqil to‘lanadigan sug‘urta qoplamasining eng yuqori
miqdori. Bu miqdorni sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi
sug‘urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning
malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti — tuzilgan sug‘urta
shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‘urta
kompaniyasining mumkin bo‘lgan eng yuqori darajadagi
javobgarligi. Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti sug‘urta polisida
o‘z aksini topadi.



2 1 2
Sug‘urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) — 1) sug‘urta


turlarining iyerarxiya ko‘rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga
va turlarga bo‘linishi. Bunda har bir keyingi bo‘g‘in oldingi
bo‘g‘inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‘urta obyekti
sug‘urtaning toifasi, sug‘urta javobgarligining hajmi va sug‘urta
qismining shakli sug‘urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‘lib
hisoblanadi; 2) xorij amaliyotida sug‘urta turlarining
tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi
davlatlarida sug‘urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan
va hayotga joriy etilgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin