O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə104/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Depozitlarni sug‘urta qilish — banklar bankrot deb e’lon qilinganda
yoki to‘lov qobiliyati yo‘qolganda, omonatchilarning bankdagi pul
mablag‘larining ularga qaytarilishini sug‘urtalash. Bunda banklar
sug‘urtalanuvchilar hisoblanadi. Sug‘urtani maxsus sug‘urta tashkilotlari
amalga oshiradi. Depozitlarni sug‘urtalash chet mamlakatlarda keng
tarqalgan. Masalan, AQSHda depozit sug‘urtasini depozitlarni
sug‘urtalash federal korporatsiyasi amalga oshiradi. AQSHda har bir
omonatchiga to‘g‘ri keladigan 100 ming AQSH dollari miqdoridagi
depozitni banklar majburiy sug‘urtalaydi.
Dispasher — dengiz transportida umumiy avariya sodir
bo‘lganda ko‘rilgan zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsim-
lash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan
mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus kompaniyalar
bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar
(kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi.
Yevropolis — Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida
sug‘urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Zaxira fondi — joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlari
hisobidan sug‘urta qoplamasini to‘lash imkoniyati bo‘lmaganda,
ushbu sug‘urta qoplamasini to‘lash uchun foydalaniladigan pul
mablag‘lari fondi. Ma’lumki, sug‘urta hodisalari tufayli ko‘rilgan
yo‘qotishlar va zararlar miqdori har yili har xil bo‘ladi. Ayrim
yillari sug‘urta hodisalari kam, boshqa yili esa ko‘proq bo‘lishi
mumkin. Agar sug‘urta hodisalari soni ko‘p bo‘lib, ko‘rilgan zarar
miqdori joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlaridan bir necha
marta ko‘p bo‘lsa, ularning farqi zaxira fondi hisobidan qoplanadi.
Kargo — transport vositasida tashiladigan va sug‘urtalanishi
mumkin bo‘lgan yukning nomlanishi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin