O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan



Yüklə 157,75 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü157,75 Kb.
#188643
1   2   3   4   5   6
2830 05.10.2016 Ped yuklama ICHTU

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan
vaqt me’yorlari*

T/r

Ish turlari

Vaqt me’yori, soat

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

I. O‘quv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari

1.

O‘quv amaliyotini o‘tkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish.

O‘tkazilgan o‘quv amaliyotining 1 akademik soat mashg‘uloti uchun 1 soat;
o‘tkazilgan ishlab chiqarish amaliyotining 1 akademik soat mashg‘ulotiga rahbarlik uchun 1 soat.

O‘quv mashg‘uloti jurnali asosida.

II. Ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirish

2.

O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda taqvimiy-mavzular rejalarini tuzish.

Bir o‘quv yoki ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish uchun — 20 soat;
bir o‘quv yoki ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini takomillashtirish uchun — 6 soat;
bir o‘quv yoki ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha taqvimiy-mavzular rejasini tuzish uchun — 5 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qarori asosida.
Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

3.

Har bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish.

O‘quv amaliyotining mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish uchun — 24 soat.
Bunda o‘qitish texnologiyasi modeli uchun — 2 soat;
o‘qitish texnologik xaritasi uchun — 2 soat;
yo‘riqli texnologik xarita uchun — 14 soat;
didaktik materiallar uchun — 6 soat;
o‘quv amaliyotining mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasini takomillashtirish uchun — 4 soat.

Ta’lim muassasasining metodik kengashi qarori asosida.

4.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotining kirish instruktaji uchun materiallar tayyorlash.

Har 6 soatlik mashg‘ulotga tayyorlangan material uchun — 1 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

5.

Nazorat savollari (test va boshqalar) va topshiriqlari to‘plamini ishlab chiqish.

Har bir nazorat savollari va topshiriqlari variantlari to‘plamini ishlab chiqish uchun — 10 soat;
har bir nazorat savollari va topshiriqlari to‘plamini takomillashtirish uchun - 2soat.

Ta’lim muassasasining metodik kengashi qarori asosida.

6.

O‘quv amaliyoti bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish.

Bir o‘quv amaliyoti bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish uchun — 20 soat.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida.

7.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.

Har bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 2 soat.

Har oy yakuni bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki bosh ustaning bildirgisi asosida.

8.

Ochiq dars o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish.

Bir ochiq dars uchun — 15 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

9.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotiga qatnashmagan va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish.

Bir qo‘shimcha mashg‘ulot uchun — 2 soat.
Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan 80 soat.

Qo‘shimcha mashg‘ulotlar jurnali asosida.

10.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini tahlil qilish.

Bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 6 soat.
Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan 36 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

11.

O‘quv amaliyoti bo‘yicha yakuniy nazoratni o‘tkazish hamda ishlab chiqarish amaliyoti yakuni bo‘yicha o‘quvchilardan hisobotni qabul qilish.

Bir yakuniy nazorat uchun — 6 soat;
bir o‘quvchidan hisobot qabul qilish uchun — 0,2 soat.

O‘quv mashg‘uloti jurnali asosida.

12.

Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlarida ishtirok etish.

Bir shartnoma uchun — 4 soat.

Korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida.

13.

Bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

Har bir bitiruvchi uchun — 4 soat.

Bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, buyruq, mehnat daftarchasi nusxasi) asosida.

14.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni topshirish uchun o‘quvchilarga maslahat berish.

Bir guruh o‘quvchilariga maslahat berish uchun — 10 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida

15.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun ish o‘rinlarini tayyorlash.

Bir guruh o‘quvchilarining ish o‘rinlarini tayyor�ash uchun — 10 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

16.

O‘quvchilarni kasb mahorati va boshqa tanlovlarga tayyorlash.

Ta’lim muassasasi miqyosida ishtiroki uchun –10 soat;
tuman miqyosida:
1-o‘rin uchun — 25 soat;
2-o‘rin uchun — 20 soat;
3-o‘rin uchun — 15 soat;
viloyat miqyosida:
1-o‘rin uchun — 50 soat;
2-o‘rin uchun — 40 soat;
3-o‘rin uchun — 30 soat;
respublika miqyosida:
1-o‘rin uchun — 100 soat;
2-o‘rin uchun — 80 soat;
3-o‘rin uchun — 60 soat.
Xalqaro miqyosda ishtiroki uchun — 200 soat.
Bunda soatlarni hisobga olishda o‘quvchi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori bo‘lgan bittasi inobatga olinadi.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va o‘quvchining tanlovda egallagan o‘rnini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

17.

9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish va kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Bir targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun — 2 soat.
Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan — 20 soat.

Ta’lim muassasasining kafedra bayonnomasi asosida.

18.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish.

Bir yig‘ilishda ishtirok etish uchun — 2 soat.

O‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi asosida.

19.

Darslik yozish va uni nashrga tayyorlash.

Darslikning bir bosma tabog‘i uchun — 50 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.

20.

Elektron darslik tayyorlash.

Bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 30 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.

21.

Multimediali o‘quv ishlanmalarini ishlab chiqish.

Bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 30 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.

22.

O‘quv qo‘llanma yozish va uni nashrga tayyorlash.

O‘quv qo‘llanmaning bir bosma tabog‘i uchun — 40 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.

23.

Metodik qo‘llanma yozish.

Bir metodik qo‘llanma uchun — 30 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.

24.

Uslubiy ishlanma yozish.

Bitiruv malakaviy ishi uchun — 25 soat;
bir amaliy mashg‘ulot uchun — 14 soat;

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.

25.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlar uchun videoroliklar tayyorlash.

Bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 30 soat.

Ta’lim muassasasi metodik kengashining qarori asosida.

26.

Maqola, tezis yozish va uni nashr ettirish.

Bitta maqola yoki tezis uchun:
xalqaro miqyosda — 50 soat;
respublika miqyosida — 20 soat;
viloyat miqyosida — 10 soat;
tuman (shahar) miqyosida — 5 soat.
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.
Davriy to‘plamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.

Joriy o‘quv yilida nashr etilgan ishlarning asli yoki nusxasi asosida.

27.

Darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslik, metodik qo‘llanma, uslubiy ishlanma, o‘quv amaliyoti uchun nazorat savollari yoki topshiriqlari to‘plamiga taqriz berish.

Bir darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslikka taqriz berish uchun — 20 soat;
bir metodik qo‘llanmaga taqriz berish uchun — 10 soat;
uslubiy ishlanmaga taqriz berish uchun — 5 soat;
o‘quv amaliyotlari uchun nazorat savollari yoki topshiriqlar to‘plamiga taqriz berishga — 4 soat.

Berilgan taqriz nusxasi asosida.

28.

Ta’lim standarti, namunaviy o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish.

Bir kasb uchun ta’lim standartini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 120 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 60 soat;
bir kasb uchun namunaviy o‘quv reja ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 60 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 30 soat;
bir fan dasturini ishlab chiqish uchun — 120 soat, takomillashtirish uchun — 60 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbarining �uyrug‘i yoki topshirig‘i hamda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi xat asosida.

29.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ustaxonalarni (laboratoriya, o‘quv tajriba xo‘jaligi, poligon va boshqalar) jihozlash hamda zarur xomashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish jarayonida ishtirok etish.

Bir ustaxonani (laboratoriya, o‘quv tajriba xo‘jaligi, poligon va boshqalar) jihozlash yoki zarur xomashyo va materiallar me’yorini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 60 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun — 30 soat.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbarining buyrug‘i yoki topshirig‘i hamdaishtirok etganligi to‘g‘risidagi xat asosida.

30.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur xomashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish.

Bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun — 1 soat.

Bosh usta va ishlab chiqarish ta’limi ustasining talabnoma, qa�dnoma, dalolatnoma va bildirgisi asosida.

31.

Yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy-amaliy yordam berish.

Bir nafar yosh ishlab chiqarish ta’limi ustasi uchun — 40 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

32.

To‘garaklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish.

Bir to‘garak uchun — 40 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

33.

O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ustaxonadagi (laboratoriya, o‘quv tajriba xo‘jaligi, poligon va boshqalar) nosoz jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlarida ish�irok etish.

Bir nosoz jihoz va asbob-uskunani ta’mirlash uchun — 4 soat, sozlash uchun — 2 soat.
Bir o‘quv yili davomida ko‘pi bilan — 30 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

34.

O‘quvchilarning ixtirochilik, ijodiy, amaliy ishlariga rahbarlik qilish.

Har bir ixtiro, ijodiy yoki amaliy ish uchun — 100 soat.

Olingan davlat namunasidagi patent, sertifikat va boshqa rasmiy hujjatlar hamda ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qarori bilan ma’qullangan ijodiy yoki amaliy ish namunasi asosida.

35.

Malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaxira kadrlar tayyorlash va boshqa qisqa muddatli kurslarda o‘qish.

Malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun — 144 soat;
qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun — 576 soat;
zaxira kadrlar tayyorlash kurslarida o‘qish uchun — 288 soat;
qisqa muddatli kurslarda o‘qish uchun — 72 soatgacha.

Malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaxira kadrlar tayyorlash hamda qisqa muddatli kurslarda o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida.

36.

I�g‘or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

37.

Master-klass o‘tkazish.

Bir master klass uchun:
xalqaro miqyosda — 100 soat;
respublika miqyosida — 60 soat;
viloyat miqyosida — 40 soat;
tuman miqyosida — 25 soat;
ta’lim muassasasi miqyosida — 20 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va ularning o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

38.

Seminar, trening, konferensiya, davra suhbati va boshqa jamoat tadbirlarida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat;
bir ma’ruza bilan ishtiroki uchun — 10 soat;
bir kunlik moderatorlik (trenerlik) uchun — 14 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va asoslovchi hujjatlar asosida.

39.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov va/yoki ko‘rgazmalarda ishtirok etish.

Tuman miqyosida:
1-o‘rin uchun — 20 soat;
2-o‘rin uchun — 15 soat;
3-o‘rin uchun — 10 soat.
viloyat miqyosida:
1-o‘rin uchun — 35 soat;
2-o‘rin uchun — 30 soat;
3-o‘rin uchun — 25 soa�;
respublika miqyosida:
1-o‘rin uchun — 50 soat;
2-o‘rin uchun — 45 soat;
3-o‘rin uchun — 40 soat.
Xalqaro miqyosda ishtiroki uchun — 100 soat;
Bunda soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish ta’limi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori bo‘lgan bittasi inobatga olinadi.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i va tanlovda egallagan o‘rinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

40.

Tanlovlarda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

41.

Turli komissiyalar, ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

42.

Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik(integratsiya) ishlarida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

43.

Pedagogik kengash muhokamasiga qo‘yish uchun masala va materiallar tayyorlash.

Bir material uchun — 10 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.

44.

Pedagogik kengash yoki kafedra yig‘ilishida kotib vazifasini bajarish.

Pedagogik kengashning bir yig‘ilishidagi kotibligi uchun — 6 soat;
kafedraning bir yig‘ilishidagi kotibligi uchun — 3 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi yoki kafedraning yig‘ilish bayonnomasi asosida.

45.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish.

Bir o‘quvchi uchun — 16 soat.

Bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga 8 (gumanitar bilim sohasining san’atga oid tayyorlov yo‘nalishlarida 10) nafardan ortiq bo‘lmagan o‘quvchi biriktirilishi mumkin.
Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

46.

Kasbiy fanlar majmuasi bo‘yicha davlat imtihoni uchun savollar to‘plamini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Bir sav�llar to‘plamini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun — 10 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.

47.

Kurs ishi va/yoki bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish.

Bir kurs ishiga taqriz berish uchun — 0,5 soat;
bir bitiruv malakaviy ishga taqriz berish uchun — 4 soat.

Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.
Ishlab chiqarish ta’limi ustasi 8 nafar o‘quvchiga kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berishi mumkin.

48.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.

49.

Ta’lim muassasasining maslahat markazi faoliyatida ishtirok etish.

Bir kunlik ishtiroki uchun — 7 soat.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i asosida.


Yüklə 157,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin