[
OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va ta’lim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga
solishning xususiyatlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar);
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
[
TSZ:
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi
O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligining
Qarori
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 5-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2830]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi 1-ilovaga;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.