Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori U. SALIMOV Toshkent sh.,
2016-yil 15-avgust,
59/QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV Toshkent sh.,
2016-yil 15-avgust,
27/QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 59/QQ va 27-Q/Q-son qaroriga
1-ILOVA
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi*
T/r
Ish turlari
O‘quv yili davomidagi soatlar hajmi
I. O‘quv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari — 660 soat**
1.
O‘quv amaliyotini o‘tkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish.
660 soat
(O‘quv rejasi asosida)
II. Ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirish — 1045 soat**
2.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan ish turlari: o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda taqvimiy-mavzular rejalarini tuzish;
har bir o‘quv amaliyoti mashg‘uloti uchun o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotining kirish instruktaji uchun materiallar tayyorlash;
nazorat savollari (test va boshqalar) va topshiriqlari to‘plamini ishlab chiqish;
o‘quv amaliyoti bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish;
ochiq dars o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotiga qatnashmagan va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish;
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini tahlil qilish;
o‘quv amaliyoti bo‘yicha yakuniy nazoratni o‘tkazish hamda ishlab chiqarish amaliyoti yakuni bo‘yicha o‘quvchilardan hisobotni qabul qilish;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlarida ishtirok etish;
bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
kasbiy-amaliy imtihonlarni topshirish uchun o‘quvchilarga maslahat berish;
kasbiy-amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun ish o‘rinlarini tayyorlash;
o‘quvchilarni kasb mahorati va boshqa tanlovlarga tayyorlash;
9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish va kasbga yo‘naltirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.