III. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish — 160 soat**
4.
O‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan ish turlari: ta’lim muassasasining o‘quvchilar turar joyi va/yoki o‘quv binosida navbatchilik qilish;
biriktirilgan guruhda dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmaydigan va davomati past bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan ishlash;
biriktirilgan mikrouchastkada istiqomat qiluvchi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishini ta’minlash bo‘yicha olib boriladigan ishlar.
Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.
160 soat.
5.
O‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qo‘shimcha bajariladigan ish turlari: ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarda ishtirok etish;
imtiyozli (bepul) ovqatlanish mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalarining oshxonasida navbatchilik qilish.
Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.
Izoh: * Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasi bir yildagi 1865 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
** Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaxsiy yillik ish rejani ishlab chiqish va bajarishda bo‘limlar uchun belgilangan soatlar hajmiga ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Bunda umumiy soatlar miqdori (1865 soat) doirasida Namunaviy yillik ish rejasida belgilangan bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdori 30 foizgacha kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
*** Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasiga mazkur Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan, ta’lim jarayoniga oid boshqa ish turlari hamda vaqt me’yorlari ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan asoslangan holda kiritiladi.
Eslatma:
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaxsiy yillik ish rejasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda Namunaviy yillik ish rejasining I bo‘limidagi ish turlari, shuningdek II va III bo‘limlaridagi o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan ish turlari kiritilishi shart. Bunda umumiy soatlar miqdorini (1865 soat) to‘liq ta’minlash uchun II va III bo‘limlarda ko‘rsatilgan o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qo‘shimcha bajariladigan ish turlari hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 59/QQ va 27-Q/Q-son qaroriga
2-ILOVA