O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS PROFFESONAL TA’LIMNING O‘QUV DASTURI
Kasb kodi va nomi (mutaxassislik): 5.55.01.01 – Telekommunikatsiya texnologiyalari
Malaka nomi: Kommutatsiya va uzatish tizimlarini montaj
qilish ishlatish hamda ma’lumotlar uzatish tarmog‘i mutaxassis
o‘quv dasturi nomi: Diplom oldi amaliyoti o‘quv rejasidagi tartib raqami: 3.06
Soatlar soni: 276
Toshkent – 2021
Ishlab chiqildi: Ibragimova X. X - Toshkent axborot
texnologiyalar texnikumining
"Telekommunikatsiya" kafedrasi ustasi
Taqrizchi: Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti texnika fanlari doktori, “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi professori Davronbekov D.A.
Ishlab chiqarish korxonasidagi mashg‘ulotlar (soat)
276
Fanning maqsad va vazifalari
Diplom oldi amaliyoti davrida o‘quvchilar maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustaxkamlashadi, raqamli elektron avtomatik telefon stantsiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish, nosozliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish usullarini o‘rganish.
Dasturiy va apparat ta’minot tizimi, abonent qurilmalari, abonent va bog‘lovchi liniyalar, stantsiya jihozlari, signalizatsiya tizimi, elektr ta’minot qurilmalari, texnik xizmat ko‘rsatish va ishlatish asoslarini nazariy jihatlari, texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari, odam-mashina muloqot aloqasida qo‘llaniluvchi dasturlash tillari va buyruqlari, qurilmalarni sinovdan o‘tkazish bo ‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashga erishish.